Jamiyatning yangi ishtirokchisi dividend oladimi

preview

«Jamiyat ishtirokchisi oʻz ulushining bir qismini boshqa jismoniy shaхsga sotdi. Yangi shaхs jamiyat ishtirokchilari tarkibiga kirgach, taqsimlanmagan foyda taqsimlanadi. Yangi ishtirokchi sotib olgan ulushga toʻgʻri keladigan qismda sof foydani taqsimlash chogʻida dividendlarni olishga haqlimi? Ulushning oldi-sotdi shartnomasida ushbu shartlar qayd etilmagan».

Ushbu savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra direktor oʻrinbosariMV Buхgalteriya hisobi va audit uslubiyati departamentining tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari buхgalteriya hisobi uslubiyati boʻlimi boshligʻi Asal XAShIMOVA javob berdi:

 

– Ulushning oldi-sotdi shartnomasida dividendlarni toʻlash shartlari boʻlmasligi kerak.

Dividendlarni toʻlash tartibi jamiyat ustavi yoki ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.

MChJning ustav fondidagi ulushni oluvchiga jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushdan boshqa shaхsning foydasiga voz kechguniga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari oʻtadi . Ishtirokchilar tarkibi va ularning ustav kapitaliga hissalari boʻyicha jamiyat ta’sis hujjatlaridagi oʻzgartirishlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Jamiyat ishtirokchilari foydani taqsimlashda ishtirok etishga haqli ekanliklari bois yangi ishtirokchi UFdagi ulushning bir qismini sotib olgach jamiyat sof foydasini taqsimlashda ishtirok etishga va ustav kapitalidagi ulushi miqdoriga mutanosib dividendlarni olishga ham haqli boʻladi

Jamiyatda ikkita va undan ortiq ishtirokchi boʻlsa, dividendlarni toʻlash uchun foydani taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror ishtirokchilar umumiy yigʻilishining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma ma’ruzalarning asosiy qoidalari, ovozga qoʻyilgan masalalar va ular boʻyicha ovoz berish yakunlari, yigʻilishda qabul qilingan qarorlarni oʻz ichiga oladi. Bir ishtirokchisi boʻlgan jamiyatda dividendlarni toʻlash boʻyicha qarorni jamiyatning yagona ishtirokchisi qabul qiladi va uni yozma ravishda rasmiylashtiradi.

MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 26-moddasida jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida foydani taqsimlash va uni toʻlash boʻyicha cheklovlar belgilangan.

 

Dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qoʻshimcha foydali ma’lumotlarni quyidagi tavsiyalardan topasiz:

 

 

Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar /oz/publish/doc/text185451_jamiyatning_yangi_ishtirokchisi_dividend_oladimi