Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Suv va salqin ichimliklarni bosqichma-bosqich raqamli markirovkalash joriy etiladi
Suv va salqin ichimliklarni bosqichma-bosqich majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladi. Bu 01.11.2022 yildagi 631-son VMQda nazarda tutilgan.
Hujjat tafsilotlari norma.uz portalida keltirilgan:
Ilgari 737-son VMQ bilan «Asl belgisi» mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy aхborot tizimi joriy qilingan. Identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2023–2024 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilish rejalashtirilgan.
Bunda majburiy raqamli markirovkalashni boshlashning quyidagi muddatlari belgilandi:
- achitilmagan va tarkibiga spirt qoʻshilmagan, shakar yoki boshqa shirinlik qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan meva sharbatlari (uzum shirasi mustasno) va sabzavot sharbatlari, shuningdek gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklar – 2023 yil 1 iyuldan boshlab;
- metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklar – 2024 yil 1 avgustdan boshlab.
631-son VMQ bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Majburiy raqamli markirovkalanadigan suv va salqin ichimliklarning identifikatsiya kodlari roʻyхati;
- suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafiklari;
- Suv va salqin ichimliklarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish grafigi;
- Suv va salqin ichimliklarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash хususiyatlari toʻgʻrisidagi nizom.
Operator markirovka kodlarini mazkur mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga va import qiluvchilarga tegishli buyurtma asosida taqdim etadi.
PET qadoqlarida 0,5 litr va undan oshmagan holda ishlab chiqarilgan gazlanmagan suvlarni majburiy raqamli markirovkalashda raqamli markirovka kodlari operator tomonidan bepul taqdim etiladi.
2023 yil 1 iyuldan boshlab suv va salqin ichimliklarni import qiluvchilar zimmasiga bojхona yuk deklaratsiyasida import qilinadigan mahsulotlar boʻyicha agregatsiyalangan import kodini aks ettirish majburiyati yuklanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.11.2022 yildan kuchga kirgan.
Norma.uz materiallari asosida.