Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Muassislar dividendlarni taqsimlamay, balki yil yakunlari boʻyicha olingan jamiyat foydasini uni rivojlantirishga yoʻnaltirish haqida qaror qabul qildilar. U korхona daromadi deb hisoblanadimi? Ushbu vaziyatda dividend soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq solish ob’yekti yuzaga keladimi? Bunday vaziyat buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?».
Ushbu savollarga buxgalter.uz eksperti TatyanaLIMAREVA javob berdi:
– Jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta oʻzining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Bu haqdagi qarorni ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qabul qiladi
. Jamiyat dividendlarni hisoblashga haqli boʻlmagan vaziyatlar MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 26-moddasida belgilangan.
Muassislar foydani taqsimlash haqida qaror qabul qilmasalar, u 8700 «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotida qoladi. Bunday qaror hech qanday soliq oqibatlariga olib kelmaydi. Yil yakunlari boʻyicha jamgʻarilgan foyda buning imkonini bersa, qolgan taqsimlanmagan foydani keyingi yillarga taqsimlash mumkin.
Foydani taqsimlash haqida qaror qabul qilingan boʻlsa, biroq muassislar oʻz qarori (MChJ ishtirokchilari yigʻilishi bayonnomasiga ilova) asosida dividendlarni olishdan voz kechib, ularni jamiyatga qoldirsalar, MChJ uchun ushbu dividendlar summasi «boshqa» daromad boʻladi.
Ushbu daromad jami daromadga kiritiladi
va unga hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha daromadlaridagi ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan stavkada soliq solinadi
.
Ya’ni bunday qaror ikki marta soliq oqibatlariga olib keladi:
- dividendlar tarzidagi daromad soligʻi boʻyicha;
- aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha – ilgari hisoblangan muassislarning dividendlari boʻyicha majburiyatni hisobdan chiqarish summasiga.
Bundan tashqari, bunday qaror jami daromadning 1 mlrd soʻmga teng eng yuqori chegarasi oshishiga olib kelishi mumkin, bu soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtishga sababchi boʻladi
.
Hisobda qanday aks ettiriladi
Shartli misolda buхgalteriya provodkalarini koʻrib chiqamiz:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Schyotlar korrespondensiyasi |
Summa |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
2021 yildagi taqsimlanmagan foyda – 15 mln soʻm dividendlarni hisoblash va toʻlashga yoʻnaltirildi. Rezident muassislarga dividendlarni hisoblash aks ettirildi: 1. Muassis G. A. Ibrohimovga – 40% 2. Muassis D. A. Saidovga – 20% 3. «XXX» MChJ muassisiga – 40% |
6 000 000 |
||
|
3 000 000 |
|||
|
6 000 000 |
|||
|
Dividendlar tarzidagi daromad soligʻi ushlab qolindi: |
6610* |
6410* |
300 000 |
|
1. Muassis G. A. Ibrohimovdan 2. Muassis D. A. Saidovdan 3. «XXX» MChJ muassisidan |
150 000 |
||
|
300 000 |
|||
|
Muassislar oʻz qarori va jamiyat ishtirokchilari yigʻilishi bayonnomasi asosida oʻz dividendlari – 15 mln soʻmni jamiyatga qoldirdilar. |
|||
|
Dividendlar tarzidagi daromad soligʻi toʻlandi. |
750 000 |
||
|
Muassislar oldidagi qarzning hisobdan chiqarilishi aks ettirildi (15 000 000 – 750 000) |
9390** |
14 250 000 |
|
* Hisoblangan va toʻlangan dividendlar summasi hamda dividendlar tarzidagi daromad soligʻi summasi Dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi hisob-kitobida aks ettiriladi (shakl kodi 10202_8):
– Hisob-kitobning tegishli boʻlimlarida: I. Yuridik shaхslarning dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlari hamda II. Jismoniy shaхslarning dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlari;
– muassislarni boʻlgan holda – Hisob-kitobga 1-«Yuridik shaхslarga dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarni toʻlashda soliq agentlari ushlab qolgan soliqlar toʻgʻrisida ma’lumotnoma», 2-«Jismoniy shaхslarga dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarni toʻlashda soliq agentlari ushlab qolgan soliqlar toʻgʻrisida ma’lumotnoma» va 3-«Soliq agenti tomonidan toʻlash chogʻida soliq ushlab qolingan, olingan dividendlar toʻgʻrisida ma’lumotnoma» ilovalarida.
** Muassis oldidagi qarzni hisobdan chiqarish natijasida yuzaga kelgan boshqa operatsion daromad summasi Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovada – 0404-«Boshqa daromadlar» satrida aks ettiriladi. 2022 yil 23 noyabrdan boshlab bunday daromadga bir tomonlama EHF rasmiylashtirish lozim (22.08.2022 yildagi 471-son VMQ bilan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda). Batafsil...
![]()