Yangi Mehnat kodeksi: ta’tillar (1-qism)

preview

Yangi Mehnat kodeksidagi koʻplab oʻzgarishlar yillik mehnat ta’tili, ijtimoiy va boshqa ta’tillarni taqdim qilishga tegishli.  Kadrlar boʻyicha xodim boshqa yangiliklar bilan tanishishni keyinga surishi mumkin, lekin ta’tillar jadvalini koʻp oʻtmay  – dekabr oyida  tuzishiga toʻgʻri keladi.  Shuning uchun u oʻziga, ish beruvchi va xodimlarga ortiqcha muammolar tugʻdirmaslik uchun koʻp masalalarni  hozirdan yaxshi tushunib olishga  harakat qilishi  kerak.

Kadrovik.uz bu borada yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Mixail GASANOV va «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara Xikmatova tomonidan taqdim qilingan tushuntirishlar uchun minnatdor.

Mavzu  juda katta, shuning uchun biz uni uch qismga boʻlib yoritdik.

 

– Yangi Mehnat kodeksida taqdim etiladigan ta’tillar turlari batafsil bayon qilingan. Ular  jami 4 ta (28.10.2022 y. OʻRQ-798-son Qonun tahriridagi MK 213-m.):

  • har yilgi mehnat ta’tili;
  • ijtimoiy ta’tillar;
  • ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;
  • ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

Ushbu ta’tillar orasida biz uchun yangi turi – bu ish haqi qisman saqlanadigan ta’til. Bu haqda keyinroq gaplashamiz.

Yuqorida sanab oʻtilgan barcha 4 turdagi ta’tillar mehnat shartnomasi asosida ishlayotganlarga beriladi.

Bu aniqlashtirish tasodifiy emas. Chunki amalda mehnat munosabatlari koʻpincha sun’iy ravishda fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan almashtiriladi. Boʻsh turgan shtat lavozimi uchun mehnat shartnomasi emas, balki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuziladi va bu aslida notoʻgʻri. Mehnat shartnomasi asosida band boʻlgan xodim mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan barcha kafolatlarni, shu jumladan ta’tillarni oladi. Fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma boʻyicha ishlarni bajaruvchi esa yoʻq.

Shuning uchun  yangi Mehnat kodeksida mehnat qonunchiligi  fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida ishlarni bajarayotgan (xizmatlar koʻrsatayotgan) shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasligi aniq belgilab qoʻyilgan  (28.10.2022 y. OʻRQ-798-son Qonun tahriridagi MK 11-m. 12-q.). Biroq bunda – ular haqiqatda xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlarni tartibga solsa, bunday shartnomalar tuzishni taqiqlaydi. (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 11-m. 3-q.).

Agar shunga qaramay, fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma tuzilgan boʻlsa, uning asosida yuzaga keladigan munosabatlar esa keyinchalik nazorat organi tomonidan mehnat munosabatlari deb tan olinsa, ularga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar qoʻllaniladi (28.10.2022 y. OʻRQ-798-son Qonun tahriridagi MK 11-m. 3-q.).

 

Har yilgi mehnat ta’tili (28.10.2022 y. OʻRQ-798-son Qonun tahriridagi MK 216-m.).

Yangi MKda birinchi marta «mehnat ta’tili» tushunchasi berilgan. Bu – har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish oʻrni (lavozimi) hamda oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir. Ish beruvchi uchun bu mehnat ta’tilini har bir xodimga oʻz vaqtida berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatmadir.

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.

 


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text185713_yangi_mehnat_kodeksi_tatillar_1-qism