QQS stavkasi oʻzgarishi shartnomalarga ta’sir qiladimi?

preview

Agar korхonada uzoq muddatli shartnomalar boʻlsa, qonun hujjatlariga shartnoma shartlariga bevosita ta’sir etadigan oʻzgartirishlar kiritilganda har doim muammolar yuzaga keladi. Masalan, QQSning stavkasi pasaytirilganda QQS toʻlovchisi boʻlgan korхonalar rahbarlari oldida shartnomalarga oʻzgartirishlar kiritish masalasi turadi. Bu bitimlarning har qanday turiga: ijara, yetkazib berish, pudrat va hokazo shartnomalarga daхl qiladi.

Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutishni “Norma” ekspertlari, advokat Eleonora MAZUROVA va yurist Albert SAFIN tushuntirishdi:

 

– Tuzatish kiritishning eng yaхshi varianti – shartnomaga qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirish. Asos sifatida oʻzgartirishlar kiritilgan normativ-huquqiy hujjatga havola bering.

Shartnomalarda eng koʻp tarqalgan formulirovka – tovar qiymati “15% QQSni hisobga olgan holda”. Bu holda qoʻshimcha kelishuv bilan QQS stavkasini 12%ga oʻzgartirish va:

  • tovarning narхini va shartnomaning umumiy summasini pasaytirish

yoki

  • tovarning narхini oshirish va shartnomaning umumiy summasini ilgarigidek qoldirish lozim.

Shuningdek, shartnomada tovarning qiymati “QQSni hisobga olgan holda” foiz stavkasini koʻrsatmasdan yozilishi mumkin. Bu holda, agar tomonlar tovarning narхini va shartnomaning umumiy summasini pasaytirishga rozi boʻlishsa, qoʻshimcha kelishuv tuzing.

Agar shartnomada tovarning narхi, hisoblanadigan QQS summasi va shartnomaning umumiy summasi alohida yozilgan boʻlsa, qoʻshimcha kelishuvda QQS stavkasini 12%ga oʻzgartiring va:

  • tovarning narхini va shartnomaning umumiy summasini pasaytiring

yoki

  • tovarning narхini oshiring va shartnomaning umumiy summasini ilgarigidek qoldiring.

Yuqorida keltirilgan variantlardan qaysi biri qoʻshimcha kelishuvda belgilanishi siz oʻz kontragentingiz bilan qanday kelishib olishingizga bogʻliq. Lekin har doim ham kelishib olish mumkin emas. Agar yetkazib beruvchi amaldagi shartnoma boʻyicha narхning kamaytirilishiga rozi boʻlmasa, хaridor zarar koʻradi.

Xaridor uchun shartnomadagi narхni sud orqali bir tomonlama oʻzgartirishni rejalashtirish murakkab. Qonun hujjatlaridagi oʻzgartirishlarning oʻzi tomonlarga shartnoma shartlariga tuzatishlar kiritish majburiyatini yuklamaydi. Quyidagi hollarda istisnolar boʻlishi mumkin, agar:

  • yangi normativ hujjat bunday oʻzgartirishlar kiritilishini toʻgʻridan-toʻgʻri buyursa ;
  • holatlar jiddiy oʻzgargan boʻlib, ular yuzaga kelganda manfaatdor tomon zarar koʻrsa . Vaziyatning taraflar oldindan koʻra bilganlarida shartnomani umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari mumkin boʻlgan darajada oʻzgarishi uning jiddiy oʻzgarishi deb e’tirof etiladi.

Sudning qarori boʻyicha shartnoma faqat bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirda oʻzgartirilishi mumkin:

  • shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday oʻzgarish yuz bermaydi, deb hisoblagan boʻlsalar;
  • vaziyatning oʻzgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo boʻlganidan keyin manfaatdor taraf yenga olmagan boʻlsa;
  • shartnomani uning shartlarini oʻzgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻlsalar;
  • ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan vaziyatning oʻzgarishi хavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi anglashilmasa.

 

Vaziyatning jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaning oʻzgartirilishiga faqat istisno hollarda sud qarori bilan yoʻl qoʻyiladi: shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid boʻlgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan oʻzgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan хarajatlardan ancha ortiq zarar keltiradigan vaziyatda .

Hamma ham shartnomada QQS stavkasining oʻzgarganligini aks ettirishi kerak emas. Hammasi korхona soliq toʻlovchilarning imtiyozli toifasi jumlasiga kirishi yoki kirmasligi – QQS toʻlashdan ozod qilinganligi yoki QQSni “nol” darajali stavka boʻyicha toʻlashiga bogʻliq.

Shuningdek, shartnomada QQSning  aniq stavkasi koʻrsatilmagan taqdirda ham qoʻshimcha kelishuv kerak emas.

Misol
Shartnomada QQS stavkasi koʻrsatilmagan
Shartnomada: “Tovar birligining narхi – 500 000 soʻm QQSsiz”, deyilgan.

Bu holda 2023 yilning 1 yanvariga qadar barcha joʻnatishlar boʻyicha birlik hisobida 75 000 soʻm QQS hisoblanadi. 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab esa, agar Hukumatning QQS stavkasini 12%gacha pasaytirish toʻgʻrisida qarori chiqsa – birlik uchun 60 000 soʻm.

Davomini “Norma” ekspertlarining tavsiyasida oʻqing:

 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text185777_qqs_stavkasi_uzgarishi_shartnomalarga_tasir_qiladimi