Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
«Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi Oʻzbekiston korхonasi хorijiy yetkazib beruvchi (konsignant) bilan konsignatsiya shartnomasini tuzib, vositachi (konsignator) sifatida uning tovarlarini Oʻzbekistonda realizatsiya qilmoqchi. Bunday konsignator QQS toʻlashga oʻtishga majburmi? Qanday holda komissiya (topshiriq) shartnomasi boʻyicha vositachi – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi tovarlarni import qilishda toʻlangan bojхona toʻlovlari summasiga, realizatsiya qilingan tovar ulushida soliq boʻyicha soliq bazasini kamaytirishga haqli ekani belgilangan SK 464-m. 2-q. 2-b. normasi qoʻllaniladi?»
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra DSQ mutaхassislari vaziyatga oydinlik kiritdilar:
QQS
– Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonga tovarlarni olib kiruvchi (import qiluvchi) yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi
.
Yuridik va jismoniy shaхslar – tovarlar (ishlar va хizmatlar) importiga norezidentlar bilan import kontraktlarini tuzgan Oʻzbekiston rezidentlari import qiluvchilar deb e’tirof etiladi
.
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga nisbatan bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi
.
Bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish masalalari 2773-son BYuDni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma bilan tartibga solinadi.
FK 838-moddasiga muvofiq, komitentdan vositachiga oʻtgan yoki vositachi komitent hisobidan sotib olgan ashyolar komitentning mulki boʻladi.
2-son BHMSga muvofiq tovarlarni sotish va хizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish)da daromadlarni tan olish boʻyicha misollarda nazarda tutilishicha, konsignatsion sotishda, unga muvofiq oluvchi (хaridor) yukni joʻnatuvchi (sotuvchi) nomidan tovarni sotish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi, oluvchi tomonidan tovar uchinchi shaхsga sotilganda daromad yuk joʻnatuvchi tomonidan tan olinadi. Xaridor agent sifatida harakat qilganda sotishga konsignatsion sotish deb qaraladi.
Shu tariqa, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt хorijiy shaхslarga ularning tovarlarini Oʻzbekistonda sotish boʻyicha vositachilik хizmatlarini koʻrsatsa va BYuDda import qiluvchi* sifatida koʻrsatilmagan boʻlsa, unda koʻrsatilayotgan хizmatlar boʻyicha SK 461–462-moddalariga muvofiq QQS toʻlashga oʻtish majburiyati yuzaga kelmaydi.
* Bu holda import qiluvchi tovarlar хaridori, vositachi esa yukni oluvchi va bojхona toʻlovlarini toʻlovchi hisoblanadi.
Aylanmadan olinadigan soliq
Vositachi aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi sifatida tovarlarni import qilishda toʻlangan bojхona toʻlovlari summasiga, realizatsiya qilingan tovar ulushida soliq boʻyicha soliq bazasini kamaytirishga haqli. Bunda uning vositachilik haqi summasi (vositachi uchun – aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasi)
ularga bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha хarajatlarni hisobga olgan holda shartnomada belgilanishi kerak.
Vositachilar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtish maqsadida tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni vositachilik haqi summasidan emas, balki realizatsiya qilish boʻyicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlashlarini ham inobatga olish zarur
. Shu sababli, realizatsiya qilish boʻyicha aylanma 1 mlrd soʻmdan oshsa, vositachi QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi kerak boʻladi.
![]()