10 dekabr

preview

• mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2022 yil dekabr oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida, shuningdek aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan 2022 yilning IV choragi uchun yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 417-m. 6-q.);

2022 yil noyabr oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlovni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 292-m. SK 293-m.).

2022 yil noyabr oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi aхborot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 133-m. 12-q.);


Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.

Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q.) (SK 86-m. 6-q.).


Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text186126_10_dekabr1