NKT chekidagi xato qanday tuzatiladi

preview

Onlayn-NKM va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 38-1-b. muvofiq, tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi. Biroq hozir sizda noyob imkoniyat mavjud! Soliq toʻlovchilarning koʻp sonli iltimoslariga binoan DSQ joriy yil mobaynida xato bilan urilgan istalgan chekdagi xatolarni 2022 yil 10 dekabrgacha tuzatishga ruxsat berdi. Faqat xaridorlar keshbek olgan cheklarga tuzatish kiritib boʻlmaydi.

 

Buning uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi «Onlayn-NKM va virtual kassalar haqida axborot» interaktiv xizmatining «Chekka tuzatish kiritish» ilovasi funksionalidan foydalaning. Ushbu yangilangan tavsiya bunda sizga yordam beradi:

 

E’tibor bering:

  • MXIKga tuzatish kirituvchi chek shaklini toʻldirayotganda endi chiqib keladigan roʻyxatdan pozitsiyalarni tanlab olish mumkin;
  • chekka tuzatish kiritish uchun buyurtmanoma shaklini toʻldirayotganda ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar roʻyxati maqbullashtirildi. Endi chekda xato yuzaga kelishining sabablari va uni tuzatish uchun asoslar bayon etilgan, rahbar imzolagan firma blankasidagi xatning oʻzi yetarli. 

Oleg GAYeVOY,

 «Norma» eksperti.


Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text186158_nkt_chekidagi_hato_qanday_tuzatiladi