QQS boʻyicha uzilish koeffitsiyenti nimadan dalolat beradi

preview

DSQ soliq toʻlovchilarning hisobvaraq-fakturalarida aks ettiriladigan QQS boʻyicha uzilish koeffitsiyenti nimani anglatishi yuzasidan tushuntirish berdi.

 

QQS boʻyicha uzilish koeffitsiyenti soliq toʻlovchilarga lozim boʻlgan ehtiyotkorlik doirasida kontragentlar haqida ma’lumotlar olish imkonini berish maqsadida joriy etilgan.

Yetkazib beruvchi-kontragentlar ushbu operatsiyalar boʻyicha byudjetga QQS toʻlamagan yoki ushbu operatsiyalarni EHFda aks ettirmagan, yoxud soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etmagan hollarda soliq toʻlovchi ushbu kontragentlardan olingan EHF asosida hisobga olinadigan QQS summalarini soliq hisobotida aks ettiradigan vaziyatda soliq uzilishi yuzaga keladi. 

Soliq uzilishini aniqlash chogʻida tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berishning butun zanjiri boʻyicha ikkinchi, uchinchi va keyingi boʻgʻinlardagi kontragentlarning byudjetga QQS toʻlamagani ham inobatga olinadi, ularning xatti-harakatlari bir-biriga muvofiqligi (huquqiy, iqtisodiy yoki boshqa nazorat ostidaligi) bilan tavsiflanadi.

Ushbu axborot EHFda yetkazib beruvchi va xaridor rekvizitlari ostida koeffitsiyent (0,00 dan 1,00 gacha) va quyidagi ranglardan biri bilan boʻyalgan tasma koʻrinishida sxematik tarzda aks ettiriladi:

  • 0,00 dan 0,20 gacha – yashil rang (uzilish hollari yoʻqligi yoki minimal miqdorda ekanligidan dalolat beradi. Demak, hamkoringiz – ishonchli, insofli QQS toʻlovchisi);
  • 0,21 dan 0,40 gacha – toʻq sariq rang (kichik muammolar bor);
  • 0,41 dan 0,60 gacha – och qizil rang (muammolar koʻproq);
  • 0,61 dan 1,0 gacha – toʻq qizil rang (muammolar anchagina).
Eslatib oʻtamiz
SK 15-m. muvofiq, soliq toʻlovchi tomonidan uning oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha qilingan xarajatlar (koʻrilgan zararlar), agar ushbu soliq toʻlovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida tan olinmaydi.
E’tibor bering

Soliq uzilishi koeffitsiyenti:

  • axborot berish tusiga ega;
  • QQS guvohnomasining amal qilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyishga ta’sir koʻrsatmaydi;
  • hisobga qabul qilingan soliq summasiga tuzatish kiritishga ta’sir koʻrsatmaydi.

Manbaga qarang.

Oleg GAYeVOY tayyorladi.


QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text186318_qqs_buyicha_uzilish_koefficienti_nimadan_dalolat_beradi