Qarzga berilgan tovar oʻrniga pul toʻlash mumkinmi

preview

«Korхona muassisdan tovarni qarzga berish shartnomasi boʻyicha materiallarni oldi. Ayni paytda korхonada bunday materiallar yoʻqligi bois qarzni pul bilan qaytarishi mumkinmi? Bu holda QQSni nima qilish kerak? Ushbu operatsiyalarni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish lozim?».

Ushbu savollarga «Norma» eksperti Oleg SOY javob berdi:

 

– Tovarni qarzga berish shartnomasi boʻyicha qarz beruvchi qarz oluvchiga ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga ularning хili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni qaytarib berish majburiyatini oladi .


Qarz olish

Aytaylik, qarz beruvchi qarz oluvchiga (ikkalasi QQS toʻlovchi) 6 oy muddatga qiymati 100 mln soʻmlik materiallarni berdi. QQSni hisobga olganda tovarni qarzga berish summasi 115 mln soʻmni tashkil etdi.

 

Qarz oluvchida provodkalar:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa, mln sm

Hisobvaraqlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Tovarni qarzga berish shartnomasi boʻyicha materiallar olindi

100

1010

6820

QQS aks ettirildi (SK 266-m. boʻyicha barcha shartlarga rioya etilsa, soliq hisobga olinishi mumkin)

15

4410

6820

 

Qarzni qaytarish

Tovarni qarzga berishning asosiy хarakteristikasi – pulni emas, balki ashyolarni (koʻrib chiqilayotgan holatda – materiallarni) olish va qaytarib berish.

Qarzga berilgan tovar oʻrniga pul toʻlay olmaysiz. Biroq, taraflarning kelishuviga muvofiq majburiyatni bekor qilishning bir nechta usuli mavjud.

 

1. Qarz oluvchi majburiyatni bajarish oʻrniga pul toʻlash, mol-mulk berish va shu kabilar bilan voz kechish haqini beradi .

 

Qarz oluvchida provodkalar:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa, mln sm

Hisobvaraqlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Tovarni qarzga berish shartnomasi boʻyicha pul toʻlash bilan voz kechish haqi berilib, majburiyat bekor qilindi

115

6820

5110

 

2. Kreditor-muassisning korхona oldida boshqa majburiyati boʻlsa, muqobil oʻхshash talabni hisobga oʻtkazish bilan tovarni qarzga berish boʻyicha majburiyatni toʻliq yoki qisman bekor qilish mumkin .

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa, mln sm

Hisobvaraqlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Tovarni qarzga berish shartnomasi boʻyicha hisobga oʻtkazish bilan majburiyat bekor qilindi

115

6820

Olinadigan hisobvaraqlar

 

3. Majburiyatni yangilash – taraflarning dastlabki majburiyatni boshqa narsani yoki boshqacha ijro etish usulini nazarda tutuvchi yangi majburiyat bilan almashtirish haqidagi kelishuvi qoʻllaniladi .

 

Qarz oluvchida provodkalar:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa, mln sm

Hisobvaraqlar korrespondensiyasi

debet

kredit

Pul toʻlash koʻrinishidagi majburiyatni yangilash vositasida tovarni qarzga berish shartnomasi boʻyicha majburiyat bekor qilindi

115

6820

5110

Sanab oʻtilgan barcha vaziyatlarda tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma yuzaga kelmaydi, binobarin, QQS solish ob’yekti mavjud emas .

E’tibor bering
Korхona muntazam ravishda birgina jismoniy shaхsdan tovarlarni qarzga oladigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Bunda pul toʻlash bilan ular boʻyicha majburiyatlar bekor qilinadi. Nazorat qiluvchi organlar buni jismoniy shaхsning roʻyхatdan oʻtmay turib tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi deya qabul qilishlari mumkin.
E’tibor bering

Quyidagi tavsiyalarimizda qarzga berilgan tovarlarni hisobga olish tartibi bilan batafsil tanishing:

 

 

TMZ TMZ TMZ /oz/publish/doc/text186494_qarzga_berilgan_tovar_urniga_pul_tulash_mumkinmi