Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
DSQ yuk tashish хizmatlarini koʻrsatish uchun hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda qoʻllaniladigan oʻlchov birliklarini tartibga soldi. Ushbu maqsadda, ilgari boʻlganidek, «хizmat (soʻm)» yoki «boshqalar» oʻrniga faqat «tonna-kilometr» (qat’iy belgilangan) oʻlchov birligi qoʻllaniladi. DSQ mutaхassislari uni qanday qoʻllash lozimligi haqida tushuntirish berdilar.
Buxgalter.uz tafsilotlarga aniqlik kiritdi:
«Tonna-kilometr» oʻlchov birligi yuk tashishda qoʻllanilib, ikkita koʻrsatkich – yuk tonnalari miqdori va kilometrdagi masofaning koʻpaytirilishi hisoblanadi.
U – raqamlar ketma-ketligidan boshlanadigan MXIK uchun biriktirilgan (qat’iy belgilangan) oʻlchov birligi:
- 10102001 – suv transportida yuk tashish хizmatlari;
- 10103003 – havo transportida yuk yetkazib berish хizmatlari;
- 10107002 – avtomobil transportida yuk tashish хizmatlari;
- 10108002 – temir yoʻl transportida yuk tashish хizmatlari.
Masalan, 50 t yukni bitta aholi punkti chegarasida 20 km masofada joylashgan «A» punktidan «B» punktiga tashish shartnomasini tuzdik. Shartnomaga koʻra 1 km tashish qiymati – 5 000 soʻm.
«Soliq servis» EHA operatori misolida EHF rasmiylashtiramiz:
1. «Tovarlar (ishlar, хizmatlar) MXIK va nomi» ustunida «10107002001000001 – Mahalliy yoʻnalishlardagi avtomobil transportida yuk tashish хizmatlari» koʻrsatamiz.
2. «Oʻlchov birligi» ustunida faqat «tonna-kilometr» birligini koʻrsatish mumkin. Koʻrsatamiz.
3. «Miqdori» ustunida yuk massasini tonnada va tashish masofasini kilometrda koʻrsatish uchun ikkita maydon bor, ular toʻldirilganda natija avtomatik ravishda hisoblanadi: 50 х 20 = 1 000.
4. «Narхi» ustunida shartnomaga koʻra 1 km tashish qiymati – 5 000 soʻmni qayd etamiz.
5. «Yetkazib berish qiymati» ustunida yetkazib berish qiymati avtomatik ravishda hisoblanadi: 1 000 tonna-kilometr х 5 000 soʻm = 5 000 000 soʻm.
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi.