Eksport qilingan tovarlarning qaytarilishini soliq hisobotida aks ettirish

preview

«Korxona tovarni ulgurji eksport qiladi. Fors-major sababli chet ellik hamkorlardan biri tovar turkumini qaytarib joʻnatdi. Qaytarish IM-41 BYuD boʻyicha rasmiylashtirildi. Tovarni eksport qilishda EHFni rasmiylashtirmaganmiz.

Eksport qilingan tovarni qaytarish uchun bir tomonlama EHFni rasmiylashtirish mumkinmi? Chet ellik hamkordan tovarning qaytarilishi QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotida qanday va qayerda aks ettiriladi? Hisobot shakllarining oʻzida bunday imkoniyat boʻlmasa, ushbu soliqlar boʻyicha qanday tuzatish kiritiladi?».

Ushbu savollarga «Norma» eksperti Mirjalol MIRFAYoZOV javob berdi:

 

– Reimport bojxona rejimi (IM-41) shunday rejimki, bunda ilgari olib chiqilgan tovarlar bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi . Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi maxsus Nizomga muvofiq yuritiladi.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tashqi savdo kontraktlari, dalolatnomalar va invoyslar boʻyicha ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYaEAT) kiritishlari shart .

Tovarlarni olib kirish va/yoki olib chiqish chogʻida rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyalari ham TSOYaEATga kiritilishi kerak. Ushbu ma’lumotlar oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi, shuningdek BYuD ma’lumotlarining elektron bazasi TSOYaEATga qoʻshilishi uchun Davlat bojxona xizmati mas’ul hisoblanadi .

Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirish boʻyicha davlat bojxona va soliq xizmatlari organlari hamda tijorat banklari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi . BYuD rasmiylashtirilgan eksport operatsiyalari soliq hisobotida avtomatik ravishda – bojxona xizmati organlarining ma’lumotlar bazasi asosida aks ettiriladi.

 

Tovar qaytarilsa

Tovarni mahalliy xaridor qaytargan boʻlsa, sotuvchi (yoki yetkazib beruvchi) qoʻshimcha hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi . Shu tariqa, mahalliy xaridorlardan qaytarish soliq hisobotida aks ettiriladi va daromadga tuzatish kiritiladi. Binobarin, reimport rejimida (IM-41) rasmiylashtirilgan tashqi iqtisodiy kontraktlar boʻyicha tovarlarning qaytarilishi haqidagi ma’lumotlar xuddi shunday tartibda bojxona xizmati organlaridan soliq xizmati organlariga kelib tushishi va soliq hisobotida avtomatik ravishda aks ettirilishi kerak.

Ilgari eksport qilingan tovarning qayta olib kirilishini aks ettirish dalilini chiquvchi EHF reyestrida tekshirishni tavsiya etamiz (minusli EHF). Tovarlarning qaytarilishi (IM-41 BYuD) soliq hisobotida aks ettirilmasa, tushuntirish olish uchun roʻyxatdan oʻtgan joydagi soliq organiga va bojxona organiga murojaat qiling.

 

 

TIF — maslahatlar TIF TIF — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text186541_eksport_qilingan_tovarlarning_qaytarilishini_soliq_hisobotida_aks_ettirish