Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Qurilishi tugallanmagan ob’yektga mol-mulk soligʻining qaysi stavkasi qoʻllaniladi
«AV ob’yektini rekonstruksiya qilish uchun ruхsatnoma olingan paytdan boshlab 24 oy oʻtdi, biroq u hali davom etmoqda. Loyiha-smeta hujjatlarida rekonstruksiya qilish muddati qayd etilmagan. Rekonstruksiya qilish uchun ruхsatnoma olingandan keyin 24 oy oʻtgach, ushbu ob’yekt boʻyicha qanday stavkada mol-mulk soligʻi solinadi? Bino qaysi paytdan boshlab qurilishi tugallanmagan ob’yekt deb hisoblanadi?»
Ushbu savollarga buxgalter.uz iltimosiga koʻra DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV javob berdi:
– Koʻchmas mulk, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob’yektlar mol-mulk soligʻi solish ob’yekti hisoblanadi
.
2022 yil 1 iyuldan boshlab qurilishi tugallanmagan ob’yektlarga nisbatan oshirilgan stavkalar bekor qilingan
. Ushbu bekor qilish:
- faqat SK 415-m. 3-qismida keltirilgan mol-mulk ob’yektlariga (oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan ta’sir choralarini qoʻllash) nisbatan tatbiq etiladi;
- SK 415-m. 2-qismiga, aynan – soliq stavkasi 3% miqdorida belgilangan, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan ob’yektlarga taalluqli emas. Sababi bunday ob’yektlar uchun foiz stavkasi «ta’sirchan soliq meхanizmi» ta’sir chorasi hisoblanmaydi.
PF-162-son Farmonda oshirilgan stavkalar bekor qilinadigan aniq sana (01.07.2022 y.) koʻrsatilgan. Ushbu sanagacha mol-mulk soligʻini toʻgʻri hisoblash uchun quyidagi hollarda qurilishi tugallanmagan ob’yektlar soliq bazasiga kiritilmasligini inobatga oling
:
- haqiqatda qurilish muddati loyiha-smeta hujjatlarida (LS’H) belgilangan normativ muddatdan oshmasa;
yoki
- LS’Hda qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, haqiqatda qurilish muddati qurilish yoki rekonstruksiya qilish uchun ruхsatnoma olingan oydan e’tiboran 24 oydan oshmasa.
Shu tariqa, 01.07.2022 yilgacha rekonstruksiya qilish uchun ruхsatnoma olingan oydan e’tiboran 24 oy oʻtib ketgan boʻlsa, qurilishi tugallanmagan ob’yekt mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasiga kiritiladi va unga 3% stavkada soliq solinadi.
![]()