Sotuvchi QQS toʻlovchisi boʻlmasa, xaridorlar keshbek oladimi

preview

DSQ mutaxassislari buxgalter.uz iltimosiga koʻra sotuvchi qoʻllaydigan soliq solish tizimi xaridorlarga keshbek toʻlamaslik uchun sabab boʻla olishi yuzasidan tushuntirish berdilar:


– Yoʻq, sotuvchining soliq solish shakli keshbek hisoblash va toʻlashga ta’sir koʻrsatmaydi. Qat’iy belgilangan shaklda JShDS, aylanmadan olinadigan soliq va QQS toʻlovchilarning mijozlari va xaridorlari Soliq mobil ilovasida onlayn-NKT cheklarini roʻyxatdan oʻtkazsalar, keshbek olish uchun teng huquqlarga ega boʻladilar.

 

Keshbek bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelishining sababi

Sotuvchi va xaridorlardan «chekni roʻyxatdan oʻtkazib boʻlmadi», «chek boʻyicha keshbek hisoblandi, biroq toʻlanishi ma’qullanmadi» qabilidagi ta’nalarni eshitish mumkin. Haqiqatan ham, soliq organi toʻliq yoki qisman keshbek toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Buning ehtimoliy sabablari Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda sanab oʻtilgan.

Quyidagi maslahatda bu haqda batafsil oʻqing:

Soliq ilovasi har bir aniq holatda rad etish sababi haqida xabar beradi:

  • chekni roʻyxatdan oʻtkazishga urinish chogʻida;

yoki

  • sizni qiziqtirayotgan chek yonidagi qizil yoki havorang «uchburchak» belgisini bosib olish mumkin boʻlgan chek boʻyicha batafsil axborotda.

Bunga xaridorning xatti-harakatlari sababchi boʻlgan va u qarorga qoʻshilmagan taqdirda u soliq organlariga yoki sudga murojaat qilib, haqliligini isbotlashi mumkin.

Xaridorlar muammolarga toʻqnash kelmasliklari uchun sotuvchi:

  • NKT chekini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarga rioya etishi;
  • soliqlarni toʻlash va soliq hisobotini topshirish muddatlarini buzmasligi;
  • tovarlarni hisobga olish qoidalarini buzmasligi shart.

Sotuvchi yoki xaridor keshbek toʻlashni rad etish sababini bartaraf etgach, u qoʻshimcha hisoblanishi mumkin.

Oleg GAYeVOY tayyorladi.


Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text186798_sotuvchi_qqs_tulovchisi_bulmasa_haridorlar_keshbek_oladimi