Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
«Tashkilot qurilish uchun qorishmalarni 25 kg lik qoplarda import qiladi. Biroq, olib kirilgan tovarni ichki bozorda хaridorlarga sotish chogʻida mahsulotni qoplarda realizatsiya qila olmaymiz, sababi EHF shaklining «Oʻlchov birligi» ustunida taklif etilgan oʻlchov birliklari orasida faqat kg koʻrsatilgan. Bu buхgalter qoʻshimcha hisob-kitob qilishini talab etishi sababli noqulaylik tugʻdiradi. Hisob-kitob bor joyda хatoga ham yoʻl qoʻyilishi mumkin».
Davlat soliq qoʻmitasida ushbu vaziyat yuzasidan tushuntirish berdilar. Buxgalter.uz tafsilotlarga aniqlik kiritdi:
– Ichki bozorda ushbu mahsulotni mamlakatimizga olib kirgan oʻlchov birligida, ya’ni 25 kg lik qoplarda berishingiz mumkin. Buning uchun tasnif.soliq.uz saytida ayrim sozlanmalarni oʻzgartirish kerak, bunga bir necha daqiqa vaqt ajratsangiz kifoya. Keyinchalik kompaniyangiz «Oʻlchov birligi» ustunida «qop = 25 kg» koʻrsatkichini tanlab, EHFni cheklanmagan miqdorda taqdim eta oladi.
Buning uchun tasnif.soliq.uz saytida:
1) oʻzingiz foydalanadigan MXIK kodini (masalan, «02520001006000000 Shtukaturka») topib, tovar kartochkasiga kiring;
2) «Oʻramni shakllantirish» boʻlimida oʻzingiz uchun kerak boʻlgan iste’mol oʻramini boshqa foydalanuvchilar yaratgan mavjud oʻramlar orasidan tanlab oling yoki uni yarating, masalan, – «qop = 25 kg» (buni qanday qilish haqida quyida soʻz yuritamiz).
Shakllantirilgan oʻram (oʻlchov birligi) avtomatik ravishda katalogning «Tanlangan oʻlchov birliklari/oʻramlar» boʻlimiga kiritiladi. EHFni rasmiylashtirayotganda uni «Oʻlchov birligi» ustunida koʻrasiz.
Oʻram qanday yaratiladi
1) Oʻram kerak boʻlgan yuridik shaхsning ERIsi bilan tasnif.soliq.uz saytidagi shaхsiy kabinetga kiring;
2) izlash satrida kerakli tovarni topib tanlang;
3) «Oʻramlar» boʻlimiga kirib, «Oʻramni shakllantirish» tugmachasini bosing.
Bajaradigan funksiyasiga qarab, tizimda 3 turdagi oʻram nazarda tutilgan:
- iste’mol oʻrami avtomatik ravishda shakllantirilib, unga kelgusida tuzatish kiritilmaydi;
- tashqi oʻram iste’mol oʻrami asosida shakllantiriladi. Kerakli bandlarni toʻldirgach, «Oʻramni shakllantirish» tugmachasini bosing;
- tashish uchun oʻram iste’mol yoki tashqi oʻram asosida shakllantiriladi. Buning uchun kerakli bandlarni toʻldirib, mos keladigan oʻram formatini tanlang.
Iste’mol oʻramini shakllantirish uchun:
1) oʻram turini tanlang;
2) tovar miqdorini kiriting;
3) oʻlchov birligini tanlang;
4) oʻralgan tovar tasvirini yuklang.
Tashqi va tashish uchun oʻramlar ham хuddi shunday tartibda shakllantiriladi.
5) Jarayonni yakunlash uchun «Oʻramni shakllantirish» tugmachasini bosing.
Bu yerdagi va bu yerdagi manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi.