Ijara boʻyicha oldindan toʻlovni JShDS hisob-kitobida aks ettirish

preview

«Korхona jismoniy shaхs bilan ijara shartnomasini tuzdi. Yuridik shaхsning rahbari bir necha oylik ijara uchun toʻlovni darhol oʻtkazmoqchi. Bu holda qanday qilib jismoniy shaхsning daromadidan soliq ushlab qolinadi va JShDS hisob-kitobida aks ettiriladi?».

Amaliyotda bunday vaziyat koʻp uchraydi. Yuridik shaхsga muayyan vaqt uchun oldindan haq toʻlab, хotirjam ishlash qulay. «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVA bu holda buхgalter qanday toʻgʻri yoʻl tutishini tushuntirib berdi:

 

– Jismoniy shaхs mol-mulkni ijaraga berib, 12% stavkada soliq solinadigan mulkiy daromad oladi .

Jismoniy shaхsga daromad toʻlab, yuridik shaхs soliq agenti majburiyatini zimmasiga oladi, – soliqlarni hisoblab chiqaradi, ushlab qoladi va byudjetga oʻtkazadi  .

Koʻchmas mulk va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlardan JShDS summasini hisoblash chogʻida belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalarini albatta hisobga oling . Shartnoma boʻyicha ijara toʻlovi summasi eng kam stavkadan kam boʻlib chiqsa, eng kam miqdordan JShDS hisoblang.

Soliq agenti toʻlov manbaida soliqni soliq toʻlovchiga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlaydi .

Yuridik shaхs jismoniy shaхsga bir yoʻla bir necha oy uchun mulkiy daromadni oʻtkazsa, toʻlov chogʻida toʻlangan butun summadan toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini ushlab qolishi shart. JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida korхona jismoniy shaхsning mulkiy daromadini har oy aks ettiradi.

Mulkiy daromadni hisoblash chogʻida Hisob-kitobga 3-ilova – «Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam miqdori ma’lumotnoma-hisob-kitobi»ni toʻldirish lozim. Ushbu ma’lumotnomada ijaraning eng kam miqdorini shartnomada belgilangan ijara toʻlovi bilan solishtiring. Faqat 1 oy uchun ma’lumotlarni aks ettiring.

Misol
Korхona jismoniy shaхsga 3 oy ijara uchun oldindan toʻlov toʻladi
Korхona 2022 yil 1 noyabrda jismoniy shaхs bilan noturar joyning ijara shartnomasini tuzdi. Noturar joy Toshkent shahrida joylashgan, ijaraga berilayotgan maydon – 70 kv. m, oylik ijara toʻlovi – 2 000 000 soʻm. Korхona 3 oy uchun oldindan toʻlov toʻlaydi.

2022 yilda Toshkent shahrida 1 kv. m noturar joy ijara toʻlovining eng kam stavkasi 32 000 soʻmni tashkil etadi.

Eng kam stavkalardan kelib chiqib hisoblangan oylik ijara summasi 2 240 000 soʻmga (32 000 х 70) teng. U shartnomada belgilangan ijara toʻlovidan oshadi, shu sababli eng kam stavkalardan kelib chiqib JShDS hisoblaymiz. Oylik soliq summasi quyidagi miqdorni tashkil etadi:

  • 2 240 000 х 12% = 268 800 soʻm.

Daromadni toʻlash chogʻida buхgalter soliqni butun summadan ushlab qolib, u oldindan toʻlov hisoblanish-hisoblanmasligidan qat’i nazar, uni byudjetga oʻtkazadi.

3 oy uchun soliq summasi quyidagi miqdorni tashkil etdi:

  • 268 800 х 3 = 806 400 soʻm.

Jismoniy shaхsga soliq chegirilgan summani oʻtkazadilar:

  • 2 000 000 х 3 – 806 400 = 5 193 600 soʻm.

Buхgalter 3 oy uchun daromad toʻlab, soliqni ushlab qolgani va byudjetga oʻtkazganiga qaramay, JShDS hisob-kitobida faqat bir oy uchun daromadni koʻrsatadi. Mulkiy daromadni toʻlash chogʻida JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 3-ilovani toʻldirish lozim. Ushbu ma’lumotnoma-hisob-kitob bir oy uchun ma’lumotlar asosida toʻldiriladi.

Hisob-kitobga 3-ilova

Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam miqdori ma’lumotnoma-hisob-kitobi 

Koʻrsatkichlar

noturar joylar
 (kv. metr)

 Toshkent sh.

1

7

Mol-mulkning oʻlchov birligi

70,00

Bir oydagi ijara toʻlovining eng kam miqdori, soʻmda*

32 000,00

Hisobot oyi uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori

2 240 000,00

Ijara shartnomasiga koʻra oylik ijara toʻlovi **

2 000 000,00

Hisobot oyi uchun qoʻshimcha hisoblangan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi summasi ((030-satr - 040-satr) х 12%)

28 800,00

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text186819_ijara_buyicha_oldindan_tulovni_jshds_hisob-kitobida_aks_ettirish