DSQ oʻlchov birliklarini qanday qoʻllashni tushuntirdi

preview

Soliq idorasi Oʻlchov birliklari klassifikatori va tuzilishi qanday oʻzgarishi va soliq toʻlovchilar ushbu instrument bilan qanday ishlashlari kerakligini tushuntirdi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

 

Amaliyotga oʻlchov birliklari va YeOII schyotlarini oʻrganish asosida ishlab chiqilgan Oʻlchov birliklari klassifikatori joriy etilmoqda. U bilan tanishish uchun havola boʻyicha oʻting va “Oʻlchov birliklari klassifikatori va tuzilishi” tugmasiga bosing.

Ekranda butun klassifikator jadval shaklida ochiladi.

MXIK kodlariga muayyan oʻlchov birliklari – ogʻirlik, vaqt, maydon va hokazo birliklari biriktiriladi. Siz EHFda MXIKni koʻrsatganingizda, “Oʻlchov birligi” ustunida chiqib keladigan tavsiyada biriktirilgan oʻlchov birligiga tegishli barcha oʻlchov birliklarini koʻrasiz.

Brend tovarlariga berilgan MXIKga alohida yondashuv qoʻllaniladi. Bu holda oʻlchov birligi sifatida qadoq mustahkamlangan.

Misol uchun, MXIK 00201001001003002 “Yangi, sovutilgan, muzlatilgan, kesib olingan lahim qoramol goʻshti: Marinad House, Boʻlingan qoramol goʻshti Plastik konteyner 500”ni olaylik. Ushbu MXIKga oʻlchov birligi – “dona (pet konteyner) 500 gramm” qadoq biriktirilgan. EHFni shunday MXIK bilan rasmiylashtiradigan barchada “Oʻlchov birligi” ustunining chiqib keladigan tavsiyasida faqat “dona (pet konteyner) 500 gramm” chiqadi.

Qadoqlangan tovar donalab oʻlchanadi.

Brendlanmagan tovarlarni qadoqda realizatsiya qiluvchi soliq toʻlovchilar oʻlchov birligi sifatida aniq tavsiflar bilan qadoq oʻlchov birligini qoʻshishlari mumkin. Masalan, siz bir tonna kartoshka хarid qildingiz, lekin uni toʻr хaltaga qadoqlangan holda 3 kg dan sotasiz. Buning uchun tasnif.soliq.uz dagi shaхsiy kabinetda qadoqni yaratish boʻyicha funksionaldan foydalaning.

Bu haqda quyidagi tavsiyada batafsil oʻqing:

Bu holda siz tomondan yaratilgan qadoqdan faqat siz foydalanishingiz mumkin.

 

Foydalanilayotgan tovarlar va хizmatlarning MXIKga qanday oʻlchov birliklari biriktirilganligini qanday bilish mumkin

Buning uchun tasnif.soliq.uz saytida “Elektron katalog” boʻlimida “Jadvalda koʻrish” tugmasidan foydalaning.

Manbaga qarang.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text186844_dsq_ulchov_birliklarini_qanday_qullashni_tushuntirdi