Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2023 yil uchun JShDS va ijtimoiy soliq qismida asosiy oʻzgartirishlar imtiyozlar va yillik hisob-kitobni topshirish muddatlariga taalluqli:
Nima saqlab qolinadi:
Quyidagilar saqlab qolinadi:
- soliq stavkalari;
- soliqlarni hisob-kitob qilish, jumladan ShJBPHga 0,1% oʻtkazish.
Ipoteka boʻyicha imtiyoz summasi oshirilmoqda
Jismoniy shaхslar tomonidan ipoteka kreditlarini soʻndirishga yoʻnaltiriladigan daromadlar boʻyicha –JShDS boʻyicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln soʻmdan MHEKMning 80 baravarigacha (yoki 73,6 mln soʻm) oshirildi. Bunda turar joy qiymati –300 mln soʻmdan ortiq boʻlmasligi boʻyicha talab bekor qilinmoqda.
Hayotini uzoq muddatga sugʻurtalash boʻyicha imtiyoz bekor qilinmoqda
2023 yilning 1 aprelidan boshlab hayotini uzoq muddatga sugʻurtalash haqini toʻlashga yoʻnaltiriladigan jismoniy shaхslarning daromadlari qismida JShDS boʻyicha imtiyoz bekor qilinmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun JShDS stavkalari indeksatsiya qilinmoqda
Qat’iy belgilangan miqdorlarda soliqni toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq stavkalari 10%ga indeksatsiya qilinmoqda.
Masalan, Toshkent shahrida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi bilan shugʻullanadigan YaTT 2023 yilda oyiga 825 000 soʻm (2022 yildagiga nisbatan 750 000 soʻm) toʻlaydi.
Yillik hisob-kitobni topshirish muddati oʻzgartirildi
Endi JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha yillik hisob-kitobni keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etish zarur (ilgari – yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida).
2022 yil yakunlariga koʻra yillik hisob-kitobni soliq toʻlovchilar 2023 yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadilar.
Jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari indeksatsiya qilindi
JShDSni hisoblab chiqarish maqsadida jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 10%ga indeksatsiya qilindi.
![]()