Qachon QQS stavkasining oʻzgartirilishi qoʻshimcha kelishuvni talab qilmaydi

preview

QQS stavkasining 12%gacha pasaytirilishi munosabati bilan ilgari tuzilgan va yetkazib berishni, shu jumladan 2023 yilda, nazarda tutadigan shartnomalarga qoʻshimcha kelishuvlar tuzish majburiymi? Buni buxgalter.uz soliq maslahatchisi  Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:

 

– Shartnomaning mazmuni va tomonlarning pozitsiyasiga koʻp narsa bogʻliq. 

QQS stavkasiga rejalashtirilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida SKga tuzatishlar qabul qilinishidan ancha oldin ma’lum boʻlgan. 2022 yilda koʻp shartnomalar kutilayotgan pasaytirishni hisobga olgan holda tuzilgan. Ularda QQSning aniq stavkasi yozilmagan, balki: “qiymati shartnoma majburiyatlarini bajarish (yetkazib berish) paytida qonun hujjatlarida belgilangan QQS stavkasini hisobga olgan holda koʻrsatilgan”, deyilgan. Ma’lumki, qonun hujjatlari soliq stavkasi oʻzgargan taqdirda narхni oʻzgartirish masalalarini tartibga solmaydi.  Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutishni tomonlar oʻzaro manfaatlarni hisobga olgan holda hal qiladilar. 

Agar ular yetkazib berish qiymatini 3%ga kamaytirishga kelishib olsalar, qoʻshimcha kelishuv tuzish zarur. Agar tomonlar yetkazib berish qiymatini oʻzgartirishmasa, qoʻshimcha kelishuvlar talab qilinmaydi.

 

Quyidagi shartnomalarga oʻzgartirishlar kiritish talab qilinmaydi:

  • ularda avvalboshda yetkazib berish qiymati QQSni hisobga olmasdan koʻrsatiladi, soliq yetkazib berish uchun toʻlovni amalga oshirish paytida amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha hisob-kitob qilishda hisoblanadi;
  • SKga muvofiq QQS solinmaydigan yoki 0% stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlar (хizmatlar)ni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar .

 

Quyidagi shartnomalarga qoʻshimcha kelishuv talab qilinadi:

  • qiymati 15% stavka boʻyicha QQSni hisobga olgan holda hisoblab chiqarilganligi koʻrsatilgan shartnomalar.

Ushbu hollarda tomonlar QQS stavkasining oʻzgarishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kelishuvlarni imzolashlari kerak. Bunda yetkazib berishning yakuniy qiymati tomonlar iхtiyoriga koʻra aniqlanadi.

Buxgalter.uz tavsiya qiladi

Oleg GAYeVOY tayyorladi


QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text187048_qachon_qqs_stavkasining_uzgartirilishi_qushimcha_kelishuvni_talab_qilmaydi