14 yanvar

preview

• 2022 yil dekabr oyi uchun ShJBPH reyestrlarini taqdim etish va badallarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (VMning 21.12.2004 yildagi 595-son qaroriga 1-ilova 16-b.)

• atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovi summasi hisob-kitobini I va II toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan – joylashtirish joyi boʻyicha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga taqdim etishning SOʻNGGI KUNI.

Quyidagilar atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlaydilar (12.04.2021 yildagi 202-son VMQga 1-ilova 5-b.):

– ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaхslar;

– yuridik shaхslar va yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaхslar.

Atrof muhitga ta’sir koʻrsatish toifalari 07.09.2020 yildagi 541-son VMQga 1-ilovada belgilangan.

E’tibor bering

Kompensatsiya toʻlovi hisob-kitobini topshirish muddatlari (12.04.2021 yildagi 202-son VMQga 1-ilova 22-b.):

– I va II toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar - har chorakda 1 marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha;

– III va IV toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar - har yilda 1 marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvarigacha.

• 2023 yil uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar tomonidan vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 444-m. 3-q.).


Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.

Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q.) (SK 86-m. 6-q.). 


Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text187060_14_yanvar1