24 yanvar

preview

• atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovi summasi hisob-kitobini III va IV toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan – joylashtirish joyi boʻyicha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga taqdim etishning SOʻNGGI KUNI.

• atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilarni joylashtirganlik uchun I va II toifalarga mansub sub’yektlar tomonidan kompensatsiya toʻlovini – joylashtirish joyi boʻyicha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga toʻlashning SOʻNGGI KUNI

Quyidagilar atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlaydilar (12.04.2021 yildagi 202-son VMQga 1-ilova 5-b.):

– ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaхslar;

– yuridik shaхslar va yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaхslar.

Atrof muhitga ta’sir koʻrsatish toifalari 07.09.2020 yildagi 541-son VMQga 1-ilovada belgilangan.

E’tibor bering

Kompensatsiya toʻlovi hisob-kitobini topshirish muddatlari (12.04.2021 yildagi 202-son VMQga 1-ilova 22-b.):

– I va II toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar - har chorakda 1 marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha;

– III va IV toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar - har yilda 1 marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvarigacha.

Toʻlov muddatlari:

– I va II toifaga mansub toʻlovchilar kompensatsiya toʻlovini har chorakda –hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha amalga oshiradilar (12.04.2021 yildagi 202-son VMQga 1-ilova 26-b.);

– III va IV toifaga mansub toʻlovchilar kompensatsiya toʻlovini – bir yilda 1 marta, hisobot yilidan keyingi yilning 5 fevraligacha amalga oshiradilar (12.04.2021 yildagi 202-son VMQga 1-ilova 27-b.).

Toʻlov kechiktirilganligi uchun muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kompensatsiya toʻlovi boʻyicha qarzdorlik summasining 0,1%i miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50%idan ortiq boʻlmagan miqdorda penya undiriladi (12.04.2021 yildagi 202-son VMQga 1-ilova 30-b.).


Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text187062_24_yanvar