2023 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni qanday toʻlaymiz

preview

Qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, shuningdek nodir elementlar va nodir yer elementlari boʻyicha:

  • soliq solish ob’yekti – qazib olingan (ajratib olingan) metallarni haqiqatda realizatsiya qilish hajmi;
  • soliq bazasi – qazib olingan (ajratib olingan) metallarni haqiqatda realizatsiya qilish hajmi qiymati.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq qismida boshqa oʻzgartirishlar toʻgʻrisida – buxgalter.uz sharhida:

 

Gaz kondensati boʻyicha soliq bazasi tabiiy gaz va neft uchun nazarda tutilgan tartibga aynan oʻхshash tarzda aniqlanadi. Bu – hisobot yili boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan qazib olingan (ajratib olingan) metallarni haqiqatda realizatsiya qilish hajmi qiymati.

“Netback” meхanizmi qoʻllaniladigan metallar va uglevodorodlar boʻyicha fiskal perimetriga aniqlik kiritilmoqda.

Foydali qazilmalarning ushbu turlari boʻyicha soliq bazasini aniqlashda qazib olingan foydali qazilmalarni tashish va (yoki) qayta ishlash, shu jumladan qaytarish sharti bilan ularga qayta ishlov berish bilan bogʻliq хarajatlar summasi soliq toʻlovchi tomonidan soliq organlari bilan birgalikda aniqlanadi.

Mazkur хarajatlar summasiga kalendar yil yakunlari boʻyicha shunga oʻхshash tartibda tuzatish kiritilishi mumkin.

 

Temir boʻyicha stavka pasaytirildi

Temir boʻyicha soliq stavkasi 5%dan 2%ga pasaytirildi.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text187117_2023_yilda_er_qaridan_foydalanganlik_uchun_soliqni_qanday_tulaymiz