9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Tashkilot 2022 yilda YeTTBga Oʻzbekiston hududida bir nechta ob’yektlar (OʻzR rezidentlari) boʻyicha auditorlik xizmatlarini koʻrsatdi. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun schyot bevosita YeTTBga (shtab-kvartirasi Londonda) taqdim etildi. Mutanosib usulni qoʻllashda kiruvchi soliqni hisobga olish huquqi bilan QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash mumkinmi? EHF shakllantirishda qanday imtiyozni tanlash kerak?”.
Savollarga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:
QQS
– Xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaga QQS solinadi, agar Oʻzbekiston ularni koʻrsatish joyi boʻlsa
.
Umumiy qoidaga koʻra, agar xizmatlarning xaridori Oʻzbekiton hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi
. Biroq, agar koʻrsatilayotgan xizmatlar SKning 241-moddasi 3-qismi 1-10-bandlarida sanab oʻtilgan boʻlsa, ularni realizatsiya qilish joyi alohida qoidalar boʻyicha aniqlanadi.
Mazkur holda xizmatlarning xaridori – YeTTBning shtab-kvartirasi – Londonda joylashgan va faoliyatni Oʻzbekistonda amalga oshirmaydi.
Agar xizmatlarning xaridori Oʻzbekiston hududida yuridik shaxsni (uning filiallarini yoki vakolatxonalarini) davlat roʻyxatidan oʻtkazish asosida haqiqatda hozir boʻlsa, Oʻzbekiston xizmatlar xaridorining faoliyatni amalga oshirish joyi deb e’tirof etiladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan taqdirda, xizmatlar xaridorining haqiqatda hozir boʻlishi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan joy yoki uni boshqarish joyi, uning doimiy muassasasi joylashgan yer (agar xizmatlar ushbu doimiy muassasa orqali olingan boʻlsa) asosida belgilanadi
.
Koʻrib chiqilayotgan misolda kontrakt xorijda joylashgan YeTTBning bosh kompaniyasi bilan tuzilgan. Shu bois SKning 241-moddasi 1-qismiga muvofiq Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi hisoblanmaydi. Agar YeTTBning Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan vakolatxonasi xaridor boʻlganda, Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilgan boʻlardi.
Endi koʻrib chiqilayotgan faoliyat turi SKning 241-moddasi 3-qismi 1-10-bandlarida keltirilgan yoki keltirilmaganligini tekshiramiz. Auditorlik xizmatlari roʻyxatda mavjud emas. Va xaridor Oʻzbekiston hududida faoliyatni amalga oshirmasligi va turmasligi bois, mazkur holda xizmatlarga Oʻzbekistonda QQS solinmaydi.
Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydigan xizmatlarni koʻrsatgan holda, siz ushbu aylanmada foydalanilgan tovarlar va xizmatlar boʻyicha “kiruvchi” QQSni hisobga olishga haqlisiz. Hisobga olish uchun mazkur aylanma soliq solinadigan aylanmaga tenglashtiriladi
.
Mutanosib usul boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilinadigan soliq summasi soliq solinadigan aylanmaning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish (QQSni hisobga olmasdan) boʻyicha aylanmaning umumiy summasidagi joriy kalendar yil ichida oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan solishtirma miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi
.
EHF
Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydigan xizmatlarni koʻrsatgan holda, “Xizmatlar eksporti (OʻzR hududidan tashqarida)” turidagi bir tomonlama EHF rasmiylashtiring. Ushbu EHFning ma’lumotlari QQS hisob-kitobiga 1-ilova “Soliq davridagi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar”ning 020-satrida aks ettiriladi.
Siz quyidagi tavsiyalarda yanada koʻproq yoʻl-yoʻriqlarni topasiz:
- Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish joyini qanday aniqlash kerak;
- Chet el yuridik shaxslari qachon QQS toʻlaydi;
- Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi.
![]()