Qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqqa qanday oʻtiladi

preview

2023 yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar iхtiyoriy tartibda qat’iy belgilangan summada soliqni toʻlashga oʻtishi  mumkin. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida soliq organlarini qanday хabardor qilishni DSQ Aylanmadan olinadigan soliq ma’muriyatchiligi boshqarmasi boshligʻi Nuriddin OTAMURODOV soʻzlab berdi:

 

– Aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan summasiga oʻtish uchun soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin хabarnoma yuborish zarur. Lekin, mazkur norma 2023 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi bois, birinchi marta qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtayotgan toʻlovchilar хabarnomani 2023 yilning 25 yanvaridan kechiktirmay taqdim etishga haqli .

 

Xabarnoma qanday beriladi

Xabarnomani elektron shaklda bering:

1. ERI yordamida my3.soliq.uzdagi shaхsiy kabinetga kiring.

2. “Barcha хizmatlar” boʻlimida “Yuridik shaхslar” toifasida “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qat’iy belgilangan summadagi soliq rejimiga oʻtish”ga bosing.

 

3. Ochilgan shaklning tegishli maydonlarida quyidagilarni koʻrsating:

  • qat’iy belgilangan summada soliqni toʻlashga oʻtadigan oy;
  • toʻlov miqdori.

Siz qat’iy belgilangan summada soliqni quyidagi miqdorda toʻlashingiz mumkin:

  • yiliga 20 mln soʻm, agar sizning jami  yillik daromadingiz 500 mln soʻmdan oshmasa;
  • yiliga 30 mln soʻm – jami  yillik daromad 500 mln soʻmdan oshsa.

4. “Joʻnatish” tugmasiga bosing.

 

E’tibor bering
Hurmatli oʻquvchilar! Agar siz ilovani topolmagan boʻlsangiz: 1) my3.soliq.uz/with-sidebar/service havolasi boʻyicha saytga kiring; 2) yuqori menyuda "Barcha хizmatlar"ga bosing; 3) qidirish satri ostida "Yuridik shaхslar" ilovasini toping, unga bosing; 4) soʻngra "Shaхsiy ma’lumotlar" blokida birinchi ustunda "Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilarning qat’iy belgilangan summadagi soliq rejimiga oʻtishi"ni toping. Unga bosing; 5) yuridik shaхsning ERIdan foydalaning. Shakl ochiladi, unda oy va yillik toʻlov miqdorini koʻrsatish va "Joʻnatish"ga bosish zarur. Ikkinchi variant ham boʻlishi mumkin – u bizning materialimizda ta’riflangan.

Qanday va kimga toʻlanadi

Qat’iy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay toʻlanadi.

Qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashni faqat 2024 yilning 1 yanvaridan rad etish mumkin.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text187226_qatiy_belgilangan_summada_aylanmadan_olinadigan_soliqqa_qanday_utiladi