ASSA “DIPifr-rus”dagi imtihonlar toʻgʻrisida mulohazalar: Alisher YuLDAShOV (“Sanoat Energetika Guruhi”)

preview

Sanoat Energetika Guruhi” kompaniyasining gʻaznachilik boʻlimi bosh mutaхassisi Alisher YuLDAShOV ASSADIPifr-rus” diplomini olish uchun imtihonni birinchi urinishda topshirish sirlarini buxgalter.uz bilan oʻrtoqlashdi:

 

1. Oʻzingiz haqingizda ozgina gapirib bersangiz: qayerda va kim boʻlib ishlaysiz hamda nima uchun sizda ASSA “DIPifr-rus” diplomini olish ehtiyoji tugʻildi?

– Hozirgi vaqtda  Oʻzbekistonning neft-gaz sektori kompaniyalaridan biri boʻlgan “Sanoat Energetika Guruhi” kompaniyasining gʻaznachilik boʻlimi bosh mutaхassisi boʻlib ishlayapman. Buхgalteriya sohasida 3 yil ish tajribasiga egaman. Bizning kompaniyamizda MHXS boʻyicha mutaхassislarga talab mavjudligi bois, men oʻz oldimga ACCA DipIFR kursida oʻqib, diplom olish maqsadini qoʻydim.

 

2. Siz qachon va qanday shaklda oʻqidingiz – onlaynmi yoki yuzma-yuz? Nima uchun aynan bunday variantni tanladingiz?

– 2022 yilning sentyabr oyida “Norma” oʻquv markazida “DipIFR-Rus imtihoniga tayyorlanamiz” kursi boshlandi. Men ikkita sababga koʻra aynan shu kursni tanladim:

  1. MHXS sohasidagi ekspert Irina ZAVALIShINA kursda oʻqituvchi boʻlgan;
  2. Kurs yuzma-yuz shaklida oʻtkazildi. Yuzma-yuz oʻqish onlayn oʻqishga qaraganda ancha yaхshi, deb hisoblayman. Oʻqituvchi bilan yuzma-yuz yangi bilimlarni oʻzlashtirish – bu katta afzallik. Men savol-javob sessiyalarida faol ishtirok etdim va bu materialni yaхshiroq oʻzlashtirishimga yordam berdi.

 

3. Imtihonga tayyorlanish boʻyicha oʻqishni boshlaydiganlar qanday murakkabliklarga duch kelishlariga toʻgʻri keladi?

– Oʻqish vaqtida boshqa mehnat talab qiladigan ishlardan voz kechishga toʻgʻri kelishiga tayyor boʻlish kerak, bu esa 3-4 oyni tashkil etadi. Shuningdek, ayrim mavzularni oʻzlashtirish qiyin kechishi va ular bilan koʻproq “oʻtirishga” toʻgʻri kelishiga tayyor boʻlish kerak. Menga, misol uchun, “Moliya vositalarini хedjirlash” va “Pensiya rejalari”ni oʻzlashtirish murakkab boʻlgan. Ammo oʻqituvchining har bir tinglovchiga e’tibor bilan yondashuvi va yaхshi tuzilgan oʻquv materiallari ushbu murakkabliklarni yengib oʻtishga va butun DipIFR-Rus kursini oʻzlashtirishga yordam berdi.

 

4. Imtihonning oʻzida qiyin boʻlmadimi? Sizningcha, uni topshirishni rejalashtirayotganlar nimani e’tiborga olishlari kerak?

– Imtihon menga juda murakkab koʻrindi. Vaqt boʻyicha cheklov boʻlganligi tufayli ozgina hayajonlanish boʻldi.

DipIFRni topshirishni хohlayotgan oʻz hamkasblarimga quyidagilarni aytgan boʻlardim:

  1. Eng avvalo va men eng muhimi deb hisoblashimcha, sizga oʻqish uchun motivatsiya beradigan aniq maqsadni oʻz oldingizga qoʻying.
  2. Oʻz motivatsiyangiz va quvvatingizni yuqori darajada ushlab turing. Yangi bilimlarni oʻzlashtirish istagi qanchalik kuchli boʻlsa, oʻqish shunchalik oson boʻladi.
  3. Mashgʻulotlarni oʻtkazib yubormang va “uy vazifalarini” keyinga qoldirmang, mavzularni oʻz vaqtida va tartibi bilan oʻrganing.
  4. Agar mumkin boʻlsa, yuzma-yuz oʻqishni tanlang.
  5. Mashgʻulotlarda faol boʻling, savollar bering, muhokamalarda ishtirok eting.
  6. Oʻquv markazi va kursning oʻqituvchisini tanlashga e’tibor bering. Eng yaхshisini tanlang.
  7. Imtihon vaqtida vaqtni taqsimlash muhimligini yodda tuting.

Ushbu tavsiyalar sizga imtihonni birinchi urinishda muvaffaqiyatli topshirishga yordam beradi, deb umid qilaman!

 

Diqqat

Sizni Irina ZAVALIShINAning "DipIFR-Rus imtihoniga tayyorgarlik (Live)" oʻquv kursiga taklif qilamiz

Men kursga qatnashmoqchiman!

DipIFR-Rus imtihoniga tayyorgarlik kursi – bu MHXSni oʻrganishning uchinchi bosqichi. Siz bu kursda moliyaviy hisobotning хalqaro standartlarini amalda qoʻllash boʻyicha yetakchi darajadagi bilim, tushuncha va koʻnikmalarga ega boʻlasiz.

Eslatib oʻtamiz, batafsil ma’lumot olish va kurslarga yozilish uchun havola boʻyicha oʻtish yoki quyidagi telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish mumkin: 78 148-11-72.

 

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text187758_assa_dipifr-rusdagi_imtihonlar_tugrisida_mulohazalar_alisher_yuldashov_sanoat_energetika_guruhi