Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
7 fevral
• 2023 yil yanvar oyida natura shaklida toʻlangan daromadlardan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI* (SK 390-m. 2-q.). Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin 5 kun ichida toʻlanadi.
*Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-q., SK 86-m. 6-q.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.