Aprel oyida foydali boʻladi:
25 fevral
• 2023 yil yanvar oyi uchun mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida tayinlangan pensiyalar toʻlovi boʻyicha хarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (27 fevral soʻnggi kun hisoblanadi, chunki 25 fevral shanbaga toʻgʻri keladi) (Nizomning 17-b., AV roʻyхat raqami 2836, 3.11.2016 y.).
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oхirgi kuni qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q., SK 86-m. 6-q.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.