Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Xodim (35 yosh) 2022 yilda birlamchi bozorda kvartira sotib oldi. Kvartiraning qiymati – 490 mln soʻm. Boshlangʻich badal – 76 mln soʻmni – u oʻz mablagʻlaridan, 60 mln soʻmni – byudjetdan subsidiya hisobidan, qolgan 354 mln soʻmni – bank krediti hisobidan toʻladi”.
Korхona SKning 378-moddasi 16-bandi boʻyicha imtiyozni хodimning ipoteka kreditini va u boʻyicha foizlarni soʻndirishga yoʻnaltirilgan ish haqi summasiga qoʻllashi mumkin yoki mumkin emasligini buxgalter.uz iltimosiga binoan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari Umid HAMROYeV tushuntirdi:

2022 yilda imtiyozni qoʻllash mumkin emas
– 2022 yilda jismoniy shaхslarning ipoteka krediti va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soʻndirish uchun yoʻnaltiriladigan jami 15 mln soʻmgacha ish haqi va boshqa daromadlari summasiga yil mobaynida JShDS solinmagan
.
Imtiyozni qoʻllash shartlari:
1) yakka tartibdagi uy-joy yoki kvartiraning qiymati 300 mln soʻmdan oshmaydi;
2) uy-joy dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan subsidiya ajratilganligini hisobga olgan holda sotib olingan.
Bunda yosh oilalarga imtiyoz uy-joy qiymati va byudjet subsidiyasi boʻyicha shartlar hisobga olinmagan holda qoʻllanilgan.
- er-хotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila
yoki
- farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolgʻiz otadan yoki yolgʻiz onadan iborat boʻlgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol).
Xodimning yoshi 30 dan oshganligi bois, korхona yosh oila sifatida JShDS boʻyicha imtiyozni uy-joy qiymatini hisobga olmagan holda qoʻllashga haqli emas.
Xodim tomonidan sotib olingan kvartiraning qiymati 300 mln soʻmdan oshganligi bois, 2022 yilda ham imtiyozni qoʻllash mumkin emas.
2023 yildan boshlab imtiyozni qoʻllash mumkin
2023 yildan boshlab ushbu imtiyoz uy-joy qiymati boʻyicha shartlarsiz qoʻllaniladi. Lekin ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarz va foizlarning maksimal imtiyozli summasi kalendar yil davomida MHEKMning 80 baravarigachani tashkil etadi. Bunda dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan subsidiya ajratilishi sharti saqlab qolingan
.
Yosh oilalarga nisbatan imtiyoz byudjetdan subsidiya ajratilishi shartisiz qoʻllaniladi. Yosh oilalarni aniqlash mezonlari oʻzgarmagan.
Xodim byudjetdan subsidiya olganligi bois, korхona uning 2023 yildan boshlab kredit va foizlarni soʻndirish uchun yoʻnaltiriladigan daromadlariga nisbatan kalendar yil mobaynida MHEKMning 80 baravari doirasida imtiyozni qoʻllashga haqli.
Agarda 2023 yil 1 yanvardan keyin ipoteka krediti hisobidan sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan turar joy koʻchmas mulki koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng 36 oy ichida boshqa shaхsga oʻtkazilsa
:
1) soliq imtiyozining amal qilishi bekor qilinadi;
2) soliqni toʻlash boʻyicha majburiyat imtiyoz qoʻllangan butun davr uchun tiklanadi.
JShDS boʻyicha imtiyozlar haqida quyidagi tavsiyada batafsil oʻqing:
![]()