YaIDXP avtotransport boʻyicha qanday xizmatlar koʻrsatadi

preview

Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish, elektron ishonchnoma berish, avtomobil tarixini tekshirish – bularning barchasi avtomatlashtirildi va ularga YaIDXP orqali kirish mumkin. Buxgalter.uz qulaylik uchun avtotransport vositalari bilan bogʻliq eng ommabop davlat xizmatlarini jadvalda toʻpladi:

 

Xizmat

YaIDXPga havola

Ta’rifi

ERI

Bajarish muddati

YaIDXP orqali toʻlashda narxi

(10% chegirma bilan)

Elektron ishonchnoma (sotish, boshqa davlatga olib chiqib ketish huquqisiz) berish

>>>

Xizmat uchun toʻlovdan soʻng ariza beruvchi QR-kod bilan elektron ishonchnomani oladi

Kerak emas

Darhol

  • 1 oygacha – 0,2 BHM;
  • 6 oygacha – 1 BHM;
  • 3 yilgacha – 2 BHM

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish

>>>

Arizani toʻldirishda fotosuratni tanlash kerak (pasport yoki IDdan). Toʻlovdan soʻng – olish usulini tanlash zarur (shaxsan borib yoki yetkazib berish bilan)

Kerak emas

Usulga bogʻliq – kuryer bilan yoki shaxsan borib

0,7 BHM

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya olish

>>>

Transport vazirligi arizani koʻrib chiqadi va xizmat uchun toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisida xabarnomani yuboradi. Toʻlovdan soʻng ariza beruvchi litsenziyani elektron shaklda oladi

Kerak

2 ish kuni

0,9 BHM

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish

>>>

Arizaga kurslarni tugatganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va 083-sonli shakldagi tibbiy ma’lumotnoma ilova qilinadi.  Imtihonlarga kirish yuzasidan xabarnoma YaIDXP orqali keladi

Kerak emas

3 ish kuni

0,9 BHM

Yoʻqolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun ariza yuborish

>>>

Arizaga roʻyxat boʻyicha hujjatlar nusxalarini elektron shaklda ilova qilish lozim. Agar ariza beruvchi 12 oy davomida avtomobilni boshqarmagan boʻlsa, u imtihonga taklif qilinadi, agar boshqargan boʻlsa – haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz oladi

Kerak emas

3 ish kuni

0,09 BHM

Avtomobil tarixi haqida ma’lumotnoma olish

>>>

Arizani toʻldirishda faqat avtomobilning davlat raqamini bilish lozim. Xizmat toʻlovdan soʻng bajariladi

Kerak emas

Darhol

0,09 BHM

Avtomobilga taqiqning mavjudligini tekshirish

>>>

Arizani toʻldirishda faqat avtomobilning davlat raqamini bilish lozim

Kerak emas

Darhol

Bepul

Sugʻurta polisining amal qilishini tekshirish

>>>

Arizani toʻldirishda faqat avtomobilning davlat raqamini bilish lozim

Kerak emas

Darhol

Bepul

E’tibor bering
Agar ariza beruvchi hujjatni pochta yoki kuryerlik yetkazmasi bilan olishni xohlasa, pochta va kuryerlik xizmatlari uchun toʻlov alohida toʻlanadi.

Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:

Saida JANIZAKOVA tayyorladi

Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma Bosh buxgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text188336_yaidhp_avtotransport_buyicha_qanday_hizmatlar_kursatadi