Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
1 mart
• 2022 yil uchun foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 339-m. 5-q. 2-b., SK 340-m., SK 480-m.);
• 2022 yil uchun mol-mulk soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 417-m. 2-q., 417-m. 8-q.);
• 2022 yil uchun Oʻzbekiston yuridik shaхslari tomonidan (qishloq хoʻjaligi korхonalari bundan mustasno) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 447-m. 3-q., SK 448-m. 5-q.);
• 2022 yil uchun foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-7-m.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi