Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar pasaytirilgan stavkalarni qanday qoʻllashlari kerak
Ixtisoslashuvi hamda mavjud sharoitdan kelib chiqib 4 va 5-toifalarga ajratilgan tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar aylanmadan olinadigan soliqni tegishincha 3% va 1% stavkalar boʻyicha toʻlaydilar
. Ushbu stavkalarni qanday qoʻllashni “Norma” va buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasi Aylanmadan olinadigan soliq ma’muriyatchiligi boshqarmasi boshligʻi Nuriddin OTAMURODOV tushuntirdi:
– Stavkalar avtomatik tarzda qoʻllaniladi. Buning uchun:
1) my.soliq.uzda shaxsiy kabinetga kiring;
2) “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat” interaktiv xizmatini tanlang;
3) tegishli ustunlarda quyidagilarni koʻrsatgan holda, shaklni toʻldiring:
– imtiyoz berilgan 30.12.2022 yildagi PF-287-son Farmonni;
– ariza aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozni qoʻllash uchun topshirilayotganligini;
– imtiyozning amal qilish davrini – 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar;
– oʻzining telefon raqamini;
4) tadbirkorlik sub’yekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini pdf-formatda biriktiring;
5) “Joʻnatish”ga bosing.
“Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat” interaktiv xizmati ekranining pastki qismida joylashgan jadvalning “Holati” ustunida murojaatning koʻrib chiqilishini kuzatib boring.
Agar sizning arizangiz boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinsa, pasaytirilgan stavkalar avtomatik tarzda qoʻllaniladi. Sizdan boshcha hech qanday qoʻshimcha harakatlar talab qilinmaydi.
Ilgari bunday imtiyozni onlayn-NKT orqali realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaga qoʻllash uchun har oyda hisobot topshirishdan oldin my.soliq.uzda shaxsiy kabinetdagi “Onlayn-NKM va virtual kassalarga doir axborot” interaktiv xizmatining “Imtiyoz” ilovasi shaklini toʻldirish lozim boʻlgan. Endi buni amalga oshirish kerak emas, butun qoʻllash jarayoni avtomatlashtirilgan.
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi