Korxona asosiy vositani boʻlib toʻlashga sotib olsa

preview

«2022 yil  24 fevralda korxona 2023 yil  31 dekabr oxirigacha toʻliq toʻlov shartlari bilan noturar joy boʻlgan binolarni sotib oldi. 2022  yil 1 martda toʻlov shartlari belgilangan, ammo foizlar va toʻlovlar jadvali koʻrsatilmagan notarial shartnoma tuzildi. Buxgalteriya hisobvaraq-fakturani umumiy summaga yopdi. 5-sonli BHMS qoidalarini hisobga olgan holda, korxona koʻchmas mulk qiymatini Markaziy Bank kursi boʻyicha kamaytirishga (chegirishga) haqlimi? Agar ha boʻlsa, u toʻlovning umumiy summasiga  QQS summasini hisobga oladimi?».

Savolga «Norma» eksperti Dilorom Saidova javob berdi:

 

– Agar shartnoma shartlarida xarid qilingan asosiy vositalar haqini kechiktirib yoki boʻlib toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, unda mazkur asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga kechiktirib yoki boʻlib toʻlashni hisobga olmagan holdagi sotib olish qiymati boʻyicha qabul qilinadi. Bunda sotib olish qiymati va toʻlovning umumiy summasi oʻrtasida yuzaga keladigan farq kechiktirib yoki boʻlib toʻlash davri davomida joriy toʻlovning kechiktirib yoki boʻlib toʻlash boʻyicha toʻlovlarning umumiy summasidagi solishtirma ogʻirligiga bogʻliq holda moliyaviy xarajatlarga (foizlar boʻyicha xarajatlarga) olib boriladi .

Koʻchmas mulkni sotish shartnomasida foizlar va toʻlovlar jadvali alohida koʻrsatilmaganligi sababli, korxona mulkni boʻlib toʻlash bilan, lekin foizlarni toʻlamasdan sotib olgan boʻlib chiqadi. Korxona buxgalteriya hisobida noturar joy binolarini elektron hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qiymat boʻyicha aks ettirishi kerak.

Agar realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaga QQS solinadigan sotib olingan noturar joy binolari ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanilsa, korxona  EHFda koʻrsatilgan QQSni hisobga olishga haqli .

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text189346_agar_korhona_asosiy_vositani_bulib_tulashga_sotib_olsa