Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
14 aprel
• 2023 yil mart oyi uchun ShJBPH reyestrlarini taqdim etish va badallarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (VMning 21.12.2004 yildagi 595-son qaroriga 1-ilova 16-b.);
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2023 yil may oyidan boshlab soliq hisobida turgan joyi boʻyicha DSQda belgilangan shakl boʻyicha qat’iy belgilangan summada soliqni toʻlashga oʻtilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 470-1-m. 1-q.) *. Bunda soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar 10 kundan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtgan soliq organlariga tegishli xabarnomani taqdim etib, navbatdagi soliq davridan boshlab qat’iy belgilangan summada soliqni toʻlashni rad qilishga va SKning 467-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli (SK 470-1-m. 6-q.)
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-q., SK 86-m. 6-q.).
Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi