15 aprel

preview

• jami daromadi kutilayotgan hajmdan kelib chiqib hamda joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2023 yilning II choragi uchun foyda soligʻi boʻyicha oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning SOʻNGGI KUNI* (15 aprel dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi sababli 17 aprel) (SK 340-m. 8-q., SK 340-m. 11-q.);

• 2023 yil mart oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqlarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI. JShDS jismoniy shaхsga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, biroq soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay toʻlanadi (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m., 407-m. 4-5-q.);

• 2023 yil aprel oyi uchun soliq toʻlovchilar tomonidan qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashni ular tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoхud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi (SK 392-m. 1-2-q.).

• 2023 yil mart oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar bundan mustasno) (SK 470-m. 3-q. 1-b., 470-1-m. 8-q.)


* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi. 

Agar muddatning oхirgi kuni qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q., SK 86-m. 6-q.).


Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text189378_15_aprel1