20 aprel

preview

• 2023 yil mart oyi uchun QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1-4-q.);

• 2023 yilning I choragi uchun Foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 339-m. 5-q., SK 340-m.).

Bunda byudjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga koʻra (2023 yil uchun – yilda 1 martda) taqdim etiladi, bundan matlubot kooperativlari mustasno. Oʻtgan soliq davri yakunlari boʻyicha jami daromad mavjud boʻlmagan taqdirda soliq hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi (SK 339-m. 6-q.).

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlash yiliga 1 marta, hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi (SK 480-m.);

• soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2023 yil aprel oyi uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2023 yilning I choragi uchun boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni (SK 448-m. 3-q.);

• 2023 yil mart oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI. Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 355-m. 1-2-q.);

• 2023 yil mart oyi uchun chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS hisob-kitobini taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1-2-q., SK 259-m.)**.

• 2023 yilning I choragi uchun хizmatlarni elektron shaklda koʻrsatadigan chet el yuridik shaхslari tomonidan QQS boʻyicha hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 280-m., SK 281-m.)

• 2023 yil mart oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha hisobot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadiga soliqni toʻlovchilar bundan mustasno). Soliq summasi dividendlar va foizlar toʻlanadigan kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 345-m. 5-6-q., SK 470-1-m. 8-q.);

• 2023 yil mart oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-m. 3-4-q.);

• 2023 yilning I choragi uchun foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻi hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-1-m., SK 454-2-m., SK 454-6-m., SK 454-7-m.)


* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi. 

Agar muddatning oхirgi kuni qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q., SK 86-m. 6-q.).

** QQS toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi (SK 273-m. 4-q.).


Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text189380_20_aprel1