Sud qarori boʻlsa, oʻtgan yilning daromadi qanday e’tirof etiladi

preview

“Umumbelgilangan soliq toʻlovchisi boʻlgan korxona 2022 yilda kafolat xati asosida boshqa korxonaga xizmatlar koʻrsatdi. Buyurtmachi bajarilgan ishlarga doir shartnoma tuzish va bizning xizmatlarimiz uchun toʻlovni amalga oshirish majburiyatini olgan. Buyurtmachining vakillari tomonidan imzolangan bajarilgan ishlar dalolatnomalari mavjud. Ammo 2023 yilning mart oyiga qadar buyurtmachi oʻz majburiyatlarini bajarmadi. 2023 yilning mart oyida xoʻjalik sudi bizning foydamizga qaror chiqardi va buyurtmachiga qarzdorlikni soʻndirish majburiyatini yukladi. Agar QQS stavkasi oʻzgarmagan boʻlsa, buxgalteriya hisobida ushbu vaziyatni qanday oʻtkazmalar bilan rasmiylashtirish lozim? EHF rasmiylashtirish kerakmi?”. 

Savollarga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:

 

– Hisobvaraq-faktura tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada – ya’ni bajarilgan ishlar dalolatnomasi sanasida rasmiylashtirilib taqdim etiladi .

Xizmat koʻrsatilganligi va bajarilgan ishlar dalolatnomasi 2022 yilda rasmiylashtirilganligi bois, QQS stavkasi EHFda tegishincha, 15% boʻladi.

Soliq toʻlovchi oldingi oy uchun EHFni joriy yilning 10 sanasiga qadar joʻnatishi mumkin – EHFni joʻnatish boʻyicha dasturiy kompleks texnik jihatdan shunday sozlangan.

Sizning holatingizda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali DSQga soʻrov bilan – yuzaga kelgan vaziyatni bayon etgan holda, EHFni joʻnatish uchun oldingi davrni ochish yuzasidan iltimos bilan murojaat qilishingiz lozim. Sud qarori, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va kafolat xatining skanerlangan nusxalarini albatta biriktiring.

Soliq organi sizga oldingi davr uchun EHFni joʻnatish imkoniyatini taqdim etgandan keyin, 2022 yil uchun QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini qayta topshirish kerak boʻladi .

 

Buxgalteriya hisobida oldingi davr daromadini aks ettirish

Buxgalteriya hisobida korxona oldingi davr daromadini hisob siyosatiga muvofiq aks ettiradi. Unda qanday xato jiddiy xato ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Jiddiy xatolar shunday xatolarki, ular shu qadar muhim boʻlib, oldingi davrlar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlar ishonchli deb hisoblanmasligi mumkin .

Korxona moliyaviy hisobotning har bir moddasi boʻyicha muhimlik darajasini  mustaqil aniqlaydi va hisob siyosatida aks ettiradi .

Jiddiy xatolarga joriy yilning 1 yanvari holatiga koʻra jamgʻarilgan taqsimlanmagan foyda saldosi orqali tuzatish kiritiladi .

Oldingi davrlarning jiddiy boʻlmagan xatolari summasi joriy davrning sof daromadi yoki zarariga kiritiladi.

Bunday kiritilgan tuzatishlar joriy davrning soliq foydasini aniqlashda hisobga olinmaydi.

Misol
Buxgalteriya hisobida oldingi davrning muhim boʻlmagan daromadini aks ettirish

Ishlar va (yoki) xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadni aks ettirish

 

debet

kredit

Ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish)dan olingan daromad aks ettirildi

4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”

9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar”

Bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar)ning haqiqiy tannarxi hisobdan chiqarildi

9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”

2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”

QQS va aksiz soligʻi hisoblandi (QQS, aksiz soligʻi toʻlovchilari tomonidan)

4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”

6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)”

Foyda soligʻi hisoblandi

9810 “Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar”

6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)”

 

 

EHF: soliq hisobi — maslahatlar EHF EHF (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text189423_sud_qarori_bulsa_utgan_yilning_daromadi_qanday_etirof_etiladi