DSXO saytlari qay tarzda lozim darajada ehtiyotkorlikka yordam beradi

preview

Soliq kodeksi tadbirkorlarga kontragentlarni tanlash chogʻida lozim darajada ehtiyotkorlik qilish majburiyatini yuklaydi . Soliq organlari axborot tizimlarining ayrim servislari sizga bunda yordam beradi. Bu haqda batafsil – buxgalter.uz saytida:

 

Eslatib oʻtamiz, lozim darajada ehtiyotkorlik qilish hamkor shartnoma boʻyicha majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarishga tayyorligini tekshirishni koʻzda tutadi.

E’tibor bering

Soliq organi bitimning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirish va uning yuridik tavsiflanishini oʻzgartirish huquqiga egadir . Agar siz biznes-hamkorni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan boʻlsangiz, uni qalbaki (koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan) deb e’tirof etishlari mumkin. Bu esa korxonaga qoʻshimcha soliqlar hisoblanishiga, QQS boʻyicha hisobga olishni bekor qilishga, moliyaviy sanksiyalarga  , ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Quyidagilar hamkorning ishonchliligi va siz lozim darajada ehtiyotkorlik qilganligingizdan dalolat beradi:

  • kontragentning yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi;
  • unda shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun resurslarning mavjudligi (ishlab chiqarish quvvatlari, uskunalar, malakali xodimlar);
  • kontragentning haqiqatda joylashgan joyi, uning ombor, ishlab chiqarish yoki savdo maydonlari toʻgʻrisida axborot;
  • kompaniya-kontragent rahbarining  hujjat bilan tasdiqlangan vakolatlari, sizda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasining mavjudligi;
  • kontragentlarni izlash va tanlashning qayd etilganligi:

– saytlar yoki bosma materiallarga havolalar;

– shunga oʻxshash tovarlar va xizmatlar bilan bozorning boshqa ishtirokchilari, shu jumladan – ularni ancha arzon narxda taklif qilayotgan ishtirokchilar toʻgʻrisida foydalanishga ruxsat etilgan ma’lumot mavjud boʻlganda kontragent toʻgʻrisida ma’lumotlar olish usuli toʻgʻrisida hujjatlar;

  • kompaniya-yetkazib beruvchi va kompaniya-xaridor rahbariyatining yetkazib berish shartlarini muhokama qilish va shartnomalarni imzolashda shaxsiy muloqoti.

Kontragentlarni tekshirish tizimini tashkilot oʻz faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, mustaqil ravishda ishlab chiqadi.

 

Soliq organlarining axborot resurslari yordamida kontragent toʻgʻrisida qanday axborotni olish mumkin

1. My.soliq.uzdagi sizning shaxsiy kabinetingizda “Kontragent toʻgʻrisida axborot” boʻlimi:

a) “Kontragent toʻgʻrisida ma’lumotlar” havolasi funksionali yordamida siz tomondan tekshirilayotgan hamkor sizga oʻzining roʻyxatga olish ma’lumotlari, tekshiruvlar reja-jadvalidan koʻchirma, solishtirish dalolatnomalari, soliq hisob-kitoblari va moliyaviy hisobotlaridan foydalanishga ruxsat berishi mumkin. Buning uchun sizga kirish uchun parol talab qilinadi, u xuddi shu funksional yordamida shakllantirilishi va sizga kontragentingiz tomonidan taqdim etilishi kerak.

U sizga koʻrsatilgan barcha axborotdan yoki faqat oʻzi lozim topgan axborotdan foydalanishga ruxsat berishi mumkin;

b) “QQS toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish” havolasi (“QQS toʻlovchilarini aniqlash” ilovasi) funksionali yordamida siz soliq toʻlovchining STIRi yordamida u roʻyxatdan oʻtkazilgan joy, QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan sana, QQS guvohnomasining holati va QQSni toʻlashda uzilish koeffitsiyenti toʻgʻrisida axborotdan foydalanishga ruxsat olishingiz mumkin.

 

2. Sizning kontragentingiz toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini kamaytirish huquqini suiiste’mol qilgan korxonalar roʻyxatiga kirishi yoki kirmasligini uning STIRi boʻyicha bu yerda tekshiring;

 

3. Sizning kontragentingizda soliq qarzi mavjudligini uning STIRi boʻyicha bu yerda tekshiring.

Buxgalter.uz tavsiya qiladi

Bitimning haqiqiyligini tekshirish uchun kontragent va uning aktivlarini qanday baholash haqida “Norma” ekspertlari – advokat Eleonora MAZUROVA va yurist Albert SAFINning tavsiyalarida batafsil oʻqing:

 

 

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text189523_dsho_saytlari_nima_bilan_lozim_darajada_ehtietkorlikka_erdam_beradi