Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtayotganlar nimani bilishlari lozim
Korхona soliq organini 2023 yil 1 maydan boshlab qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtishi toʻgʻrisida хabardor qildi, deb faraz qilaylik
. Oʻtish bilan bogʻliq savollarga buxgalter.uz Soliq qoʻmitasining Aylanmadan olinadigan soliq ma’muriyatchiligi boshqarmasi boshligʻi Nuriddin OTAMURODOVdan javob berishini iltimos qildi:
– Soliq toʻlovchi unga yangi shaхsiy hisobvaraqa ochishlari yuzasidan soliq organlariga qoʻshimcha tarzda murojaat qilishi lozimmi?
– Yoʻq, kerak emas, hammasi avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda ShH va soliq kodi (100) uni qat’iy belgilangan summada toʻlashda ilgarigidek qoladi.
– Agar aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtish 2023 yil 1 maydan e’tiboran amalga oshirilsa, demak, soliq toʻlovchi aprel oyi uchun hisobotni belgilangan shakl boʻyicha topshirishi kerakmi?
– Ha, 2023 yilning aprel oyi uchun soliq toʻlovchi aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotni uni qat’iy belgilangan summada toʻlashga oʻtgunga qadar topshirgan shunday shakl boʻyicha topshiradi. My.soliq.uzda elektron hisobotlar tarkibida shakl kodi – 10104_30.
1 maydan boshlab esa u hisobotlar topshirishi shart boʻlmaydi
. Qat’iy belgilangan summada soliq aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha ShHda – avtomatik tarzda hisoblanadi.
Masalan, agar soliq toʻlovchi yiliga 20 mln soʻm miqdorida soliqni toʻlashga oʻtgan boʻlsa, u ShHda 2023 yilning may oyi uchun soliq yillik summaning 1/12 qismi miqdorida avtomatik tarzda hisoblanganligini koʻradi. U faqat ushbu summani byudjetga belgilangan muddatlarda – har bir keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay oʻz vaqtida toʻlashi kerak boʻladi
.
– Agar soliq toʻlovchida oʻtish paytida soliq boʻyicha ortiqcha toʻlov mavjud boʻlsa, u qat’iy belgilangan summada soliqni toʻlashda hisobga olinadimi?
– Ha, albatta! Misol uchun, agar soliq toʻlovchida oʻtish paytida aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha 1 mln soʻm ortiqcha toʻlov mavjud boʻlgan boʻlsa, may oyi uchun qat’iy belgilangan summada soliqni hisoblashda u avtomatik tarzda hisobga olinadi. Soliq toʻlovchi 1 666 666,67 soʻm emas, balki faqat 666 666,67 soʻm (20 000 000 : 12 – 1 000 000) toʻlashi kerak boʻladi.
– Agar soliq toʻlovchi qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan voz kechishga qaror qilsa va unda shu paytda ortiqcha toʻlov mavjud boʻlsa-chi?
– U aylanmadan olinadigan soliqni soliq stavkalari boʻyicha toʻlashga faqat 2024 yil 1 yanvardan boshlab qaytishi mumkin, basharti soliq organlariga bu haqda хabarnomani 2023 yil 20 dekabrga qadar topshirsa.
Agar unda ShHda oʻtish paytida qat’iy belgilangan summada soliq yuzasidan ortiqcha toʻlov aks ettirilsa, u mazkur soliq boʻyicha byudjet bilan keyingi hisob-kitoblarda avtomatik tarzda hisobga olinadi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi