Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Kontragentning toʻlov qobiliyatini qanday tekshirish mumkin: Oʻzbekiston uchun 3 ta xizmat
Shartnoma tuzishdan oldin, kompaniya moliyaviy jihatdan barqaror ekanligiga va toʻlov qobiliyati bilan bogʻliq muammolar alomatlari yoʻqligiga ishonch hosil qilish muhim. Kontragentning moliyaviy holatini baholash – bu Soliq kodeksining 15-moddasiga muvofiq lozim darajada ehtiyotkor boʻlish hamdir.
Bizning shpargalkamizda buxgalterga bitimdan oldin kontragentni tezda tekshirishga yordam beradigan uchta xizmat mavjud.
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Kontragentning moliyaviy holatini tekshirish xizmatlari
– YaIDXP;
– Stat.uz;
– EHA operatorlari.
1. YaIDXP
1) OneID orqali YaIDXPda avtorizatsiyadan oʻting va ERI yordamida tizimga kiring;
2) shaxsiy kabinetda «Xizmatlar roʻyxati», soʻngra «Ma’lumotnomalar» – «Bankrotlik toʻgʻrisida ma’lumot» bandlarini tanlang:

3) ochilgan oynada «Xizmatdan foydalanish» tugmasini toping va bosing:

4) tegishli maydonga tekshirmoqchi boʻlgan «Tashkilotning STIR raqami»ni kiriting.
Xizmat – bepul. Natija avtomatik ravishda darhol shakllanadi. Uning koʻrinishi quyidagicha:
2. Stat.uz
Bu yerda ham ERI yordamida avtorizatsiyadan oʻtish kerak boʻladi.
1) Yuqoridagi gorizontal menyuda «Interaktiv xizmatlar» boʻlimini toping, uni bosing va ochiladigan menyuda «Statistik ma’lumotlarni taqdim etish» yoki «Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha ma’lumot taqdim etish» bandini tanlang. «Xizmatni olish» tugmasini bosing:
2) yuridik shaxs toʻgʻrisidagi umumiy ma’lumotlar stat.uz saytida «Interaktiv xizmatlar» – «KTYaDR ma’lumotlari» boʻlimida mavjud:
Bu yerda ham ochilgan oynada kontragentning STIRini tering va «OLISh» tugmasini bosing.

Ma’lumotnomani shakllantirish sanasida dolzarb boʻlgan quyidagi ma’lumotlarni oling:
«Faollik holati» satrida bu korxonaning faoliyat koʻrsatayotganligi yoki tugatilganligi koʻrsatiladi.
3. EHA operatorlari (Didox misolida)
1. ERI yordamida avtorizatsiyadan oʻting.
2. Menyuning chap vertikal paneli quyi qismidagi «Barcha servislar» tugmasini toping. «Kontragentni tekshirish»ni tanlang va «Ochish» tugmasini bosing. Ushbu funksiya iHamkor.uz tizimi orqali ishlaydi.

3. STIRni yoki tashkilot nomini kiriting. Kontragent haqida umumiy ma’lumotlar ochiladi.
iHamkor.uz – kontragentlarni tekshirish servisida yangi «Bogʻlangan kompaniyalar» boʻlimi paydo boʻldi. Endi istalgan kompaniya kartochkasida uning umumiy muassislar, direktorlar, buxgalterlar, manzillar va telefon raqamlari orqali kimlar bilan aloqadorligini koʻrish mumkin.
4. Kontragentning moliyasi, mol-mulki, soliqlari, bogʻlangan kompaniyalari, balansi, ijro ishi yuritish, davlat xaridlari, barqarorlik reytinglari, litsenziya va sertifikatlari haqida qoʻshimcha ma’lumot olish uchun oʻng burchakdagi «Kirish» tugmasini bosing va ushbu tizimda roʻyxatdan oʻting.
Agar roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz – ERI yordamida avtorizatsiyadan oʻting.
Moliya va soliqlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar – pulli.
Kontragent tekshiruvini ketma-ket oʻtkazish va kompaniya haqidagi muhim ma’lumotlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning tushuntirishlarimizdan foydalaning.
«Norma» yuristlarining «Boʻlajak hamkor qanday tekshiriladi va lozim darajada ehtiyotkorlik qanday amalga oshiriladi» degan tavsiyasi kompaniyangiz bitimni tuzishda lozim darajada ehtiyotkorlik koʻrsatganini baholashda soliq inspektorlari nimalarga amal qilishini tushunishga yordam beradi.
Tavsiyada:
– lozim darajada ehtiyotkorlik nima uchun zarur;
– hujjatlarni tekshirish;
– bitimning haqiqiyligini tekshirish uchun aktivlarni baholash;
– bitim ishtirokchilarini baholash;
– boshqa nazorat tadbirlari;
– lozim darajada ehtiyotkorlikni qanday koʻrsatish va isbotlash boʻyicha qisqacha xulosa.
Bizning Kontragentlarni tekshirish boʻyicha eslatmamiz esa buxgalterning kundalik ishi uchun qulay tekshiruv roʻyxatidir.
Yuliya TARShILOVA tayyorladi






