Foyda soligʻi toʻlovchilar diqqatiga

preview

Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlovchilar ularni kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda toʻlashlari mumkin. Bunda boʻnak toʻlovlari summasi soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi, basharti soliq toʻlovchi boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida ma’lumotnomani taqdim etmasa. Buni u chorak birinchi oyining 15 sanasidan kechiktirmay joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda amalga oshirishi mumkin.

2023 yilning II choragi uchun ma’lumotnomani topshirish muddati 17 aprelda tugaydi.

 

Ma’lumotnoma chorak birinchi oyining 15 sanasidan kechiktirmay  taqdim etiladi :

  • II chorak uchun – 15 aprel dam olish kuniga toʻgʻri kelganligini hisobga olgan holda, 17 apreldan kechiktirmay;
  • III chorak uchun – 15 iyul dam olish kuniga toʻgʻri kelganligini hisobga olgan holda, 17 iyuldan kechiktirmay;
  • IV chorak uchun – 15 oktyabr dam olish kuniga toʻgʻri kelganligini hisobga olgan holda, 16 oktyabrdan kechiktirmay.

Agar siz ma’lumotnomani taqdim etsangiz, oldingi chorak natijalari boʻyicha boʻnak toʻlovlari hisoblab chiqarilmaydi.

 

Barcha foyda soligʻi toʻlovchilar ma’lumotnomani taqdim etishlari kerakmi

Hamma ham boʻnak toʻlovlari toʻlovchilar hisoblanmaydi. Ular faqat jami daromadi 2022 yil uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda yoki 2023 yil mobaynida 5 mlrd soʻmdan oshadigan korхonalar tomonidan toʻlanadi .

Jami daromadi hajmi kamroq boʻlgan korхonalar foyda soligʻini chorak yakunlari boʻyicha hisob-kitob asosida toʻlaydi.

Bundan tashqari, foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻlovchilar uchun ma’lumotnomaning taqdim etilishi – bu majburiyat emas, balki huquq. Agar siz boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etmagan boʻlsangiz, ularni oldingi chorak koʻrsatkichlari boʻyicha toʻlang. Bu holda sizning har oylik boʻnak toʻlovingiz soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi.

E’tibor bering
Agar ma’lumotnomada summa oldingi chorak soligʻiga nisbatan kam boʻlsa, ma’lumotnoma bilan birga foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarning pasayganligi asosnomasini joʻnating.

Boʻnak toʻlovlarini toʻlash (ma’lumotnoma yoki oldingi chorak natijalari boʻyicha) muddatlari – har oyning 23 sanasidan kechiktirmay.

2023 yilning aprel oyi uchun boshqa toʻlovlar haqida quyidagi materialda oʻqing:

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text189656_foyda_soligi_tulovchilar_diqqatiga