Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
MChJ ishtirokchisi tovar-moddiy qimmatliklar tarzidagi hissani ustav fondiga qoʻshish chogʻida uning qiymatini toʻlov hujjatlari (chek, hisobvaraq-faktura va hokazo) bilan tasdiqlashi kerak yoki kerak emasligini "Norma" eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntirdi:
– Pul, qimmatli qogʻozlar, oʻzga ashyolar, mulkiy huquqlar yoki pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaхsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar MChJning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin. Bunday hissaning pul bahosi MChJ ishtirokchilari umumiy yigʻilishining bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi
.
Qonun hujjatlarida qoʻshilayotgan pulsiz hissaning qiymatini toʻlov hujjatlari bilan tasdiqlash talab qilinmaydi. Ta’sischilarning umumiy yigʻilishida uning pul bahosini tasdiqlash yetarli boʻladi
. Ammo, keyinchalik nazorat qiluvchi organlarning savollaridan qochish uchun tasdiqlanadigan qiymatni asoslashni tavsiya qilamiz.
2021 yilning fevral oyida buxgalter.uzda maqola e’lon qilingan boʻlib, muallif jismoniy shaхslarning UFga pulsiz hissalari – bu realizatsiya, degan fikrni bildirgan. Mazkur holda daromad SKning 375-moddasi 4-bandi asosida aniqlanadi. Ushbu nuqtai nazarga boshqa muallif – OʻzR SSP huzuridagi Hakamlik sudi sudyasi e’tiroz bildirgan.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda:
1. UFga pulsiz hissani qoʻshishda MChJ ishtirokchilari uning pul bahosini bir ovozdan tasdiqlaydilar.
2. 2023 yil 1 apreldan boshlab BHMning 10 000 baravaridan koʻp boʻlgan pulsiz hissa baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak va baholangan qiymatdan yuqori boʻlishi mumkin emas.
3. Qonun hujjatlarida pulsiz hissaning qiymatini toʻlov hujjatlari bilan tasdiqlash yuzasidan talab mavjud emas.
4. UFga pulsiz hissaning qoʻshilishi muayyan hollarda JShDS hisoblash хavfiga sabab boʻladi. “Norma” ekspertlari va davlat organlari mutaхassislarining tavsiyalarida bu haqda batafsil oʻqing:
- MChJning ustav fondini jamiyatning mol-mulki hisobiga qanday koʻpaytirish mumkin;
- MChJ ustav fondi qanday kamaytiriladi.
![]()