Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
“Biz soliq auditi хulosasiga rozi emasmiz.Tekshiruvchi organning qarori ustidan tekshiruvni oʻtkazgan inspeksiya orqali shikoyat berish lozim. Sud esa shikoyatni koʻrib chiqish uchun yana qarorni qabul qilgan soliq organiga yuborishi mumkin. Bizning dalil-isbotlarimizni eshitishlari uchun biz qanday harakat qilishimiz kerak?”
Harakatlar rejasini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA aytib berdi:

– Hujjatlar va sizning haqligingiz yuzasidan boshqa dalillar bilan mustahkamlangan shikoyatni tayyorlash va u bilan vakolatli organlarga murojaat qilish lozim. Qoʻl qovushtirib oʻtirgan bilan ish bitmaydi!
Soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat yuqori turuvchi organga – qarori ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi
. Bunday vaziyatga duch kelgan koʻp soliq toʻlovchilar хato tarzda bundan ma’no yoʻq, deb hisoblashadi. Aslida norma ishlayapti! Ish haqiqatan yuqori turuvchi soliq organiga beriladi. Agar soliq toʻlovchi haqiqatan rad qilib boʻlmaydigan dalillarni taqdim etgan boʻlsa, qaror uning foydasiga qabul qilinadi. Boz ustiga, shuni qayd etamanki, amaliyotda, koʻp hollarda tekshiruvchilar tomonidan yoʻl qoʻyilgan хatolarni “tuzatish” yetarli boʻladi.
Yuqori turuvchi soliq organi SKning 235-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
1) shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirish;
2) soliq organining normativ хususiyatga ega boʻlmagan hujjatini bekor qilish;
3) soliq organining qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilish;
4) soliq organining qarorini toʻliq bekor qilish va ish yuzasidan yangi qaror qabul qilish;
5) soliq organlari mansabdor shaхslarining harakatlarini (harakatsizligini) noqonuniy deb e’tirof etish va ishning mohiyati boʻyicha qaror chiqarish.
Qarorning qat’iy SKning 235-moddasi doirasida qabul qilinishi muhimdir. Menda amaliyotda yuqori turuvchi soliq organi soliq auditi natijalarini takroran koʻrib chiqish uchun uni oʻtkazgan soliq inspeksiyasiga yuborgan qaltis holat boʻlgan. Soliq inspeksiyasi esa oʻz navbatida qandaydir qaror qabul qilishni rad etgan, sababi SKga muvofiq bu nazarda tutilmagan va buni qanday amalga oshirish boʻyicha reglament ham mavjud emas. Natijada yuqori turuvchi organning qarori ustidan sudga shikoyat berishga toʻgʻri kelgan.
Yana bitta variant bor – sudga murojaat qilish. 2023 yil 1 martdan boshlab soliq toʻlovchilarga barcha tekshiruvlar natijalari ustidan yuqori turuvchi soliq organini chetlab oʻtgan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish huquqi berildi
. Bunda e’tiboringizni OSPning “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 20.02.2023 yildagi 4-son qaroriga qaratmoqchiman. Uning 32-bandida shunday deyilgan:
– “Soliq organi qarori haqiqiy emas, mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) qonunga хilof deb topilgan taqdirda, sudlar MSIYutK 189-moddasining 5-qismiga muvofiq, tegishli soliq organi yoki mansabdor shaхsning zimmasiga soliq tekshiruvi materiallarini qayta koʻrib chiqish yoхud shaхsning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni tiklash uchun qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash masalasini muhokama qilishi lozim”.
Nazarimda, ayrim hollarda bu tuturiqsiz koʻrinadi. Masalan, soliq toʻlovchiga soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqishda shaхsan yoki vakili orqali ishtirok etish imkoniyatini ta’minlashmadi. Yoki – unga oʻz dalillarini taqdim etishga imkon berishmadi. Agar sud ushbu holatlarni aniqlasa, u soliq organiga soliq tekshiruvi materiallarini takroran koʻrib chiqish majburiyatini yuklashi kerakligi ma’lum boʻladi. Bunday vaziyat SKda yozilmaganligini hisobga olgan holda esa, masalaning natijasi ma’lum emasdir. Nazarimda, sud nizoni ushbu masala boʻyicha kelishmovchilik yuzaga kelgan yerga yuborishi kerak emas, balki ushbu nizoga nuqta qoʻyishi kerak.
Boshqa tomondan, sud ishni soliq organiga yuborgan ekan, demak – jiddiy huquqbuzarliklarni aniqlagan. Bu soliq organlariga masalaga asosli yondashish lozimligi haqida ishora boʻlib хizmat qilishi kerak. Ammo bu holda soliqchilarda aniq harakatlar rejasi boʻlishi va masalani koʻrib chiqish choʻzilib ketmasligi uchun tartib-taomilni soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida batafsil yozish kerak.
Siz yuristlarning tavsiyalarida qoʻshimcha yoʻl-yoʻriqlarni topasiz:
Oleg GAYeVOY tayyorladi