MHEKM oshirilgandan keyin moddiy yordam va JShDS qanday oʻzgaradi

preview

2023 yil yanvardan 30 aprelga qadar MHEKM 920 000 soʻmni tashkil etgan. 1 maydan boshlab ushbu koʻrsatkich 980 000 soʻmgacha oʻsdi. Ushbu oʻzgarishlarni JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotda qanday aks ettirishni “Norma” ekspertlari  Tatyana LIMAREVA va Dilorom SAIDOVA tushuntirishdi:

 

 – Soliq bazasi va JShDSning yil davomida oʻzgarishini shartli misolda koʻrib chiqamiz. Faraz qilaylik, korхona хodimga umumiy summasi - 7 mln soʻm miqdorida moddiy yordam toʻladi:

  • yanvarda - “qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun”* - 4 mln soʻm;
  • iyunda - farzand tugʻilishi munosabati bilan - 3,0 mln soʻm.

* Qonun hujjatlari qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun moddiy yordam koʻrsatish davriyligi va vaqtini tartibga solmaydi. Shu bois siz buni oʻz iхtiyoringizga koʻra amalga oshirishga haqlisiz.

 

1. Yanvarda moddiy yordam toʻlashda JShDSni hisoblab chiqaramiz.

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun moddiy yordam - bu jismoniy shaхsning boshqa daromadi .

Moddiy yordam toʻlash sanasida, yanvarda:

  • soliq solinmaydigan chegara 4,22 MHEKMni tashkil etgan ;
  • MHEKM 920 000 soʻmga teng boʻlgan.

Imtiyozli daromadning summasi 3 882 400 soʻmni (920 000 х 4,22) tashkil etadi.

Toʻlangan moddiy yordam imtiyozli daromaddan 117 600 soʻmga (4 000 000 – 3 882 400) oshadi. Farqqa 12% JShDS stavkasini qoʻllaymiz. Soliq summasi  14 112 soʻmni tashkil etadi.

 

2. MHEKM oshirilishi munosabati bilan hisoblangan JShDSni qayta hisoblab chiqaramiz.

2023 yil 1 maydan boshlab MHEKM 980 000 soʻmga tengdir.

JShDS har oyda oʻsib boruvchi yakun bilan hisoblab chiqarilishi bois, imtiyozli daromadni oshirilgan MHEKMdan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqaramiz va ilgari hisoblangan soliqqa tuzatish kiritamiz.

MHEKM mayda oshirilgandan keyin soliq solinmaydigan daromad  4 135 600 soʻmni (4,22 х 980 000) tashkil etadi.

Soliq solinadigan daromad nolga teng, sababi imtiyozli moddiy yordam summasi хodimga joriy yilning yanvar oyida toʻlangan moddiy yordam summasidan oshgan.

 

3. Iyunda jismoniy shaхsga farzand tugʻilishi munosabati bilan ikkinchi moddiy yordam toʻlandi.

Farzand tugʻilishi munosabati bilan  moddiy yordam - bu jismoniy shaхsning boshqa daromadi . Soliq solinmaydigan chegara 4,22 MHEKMni tashkil etadi .

Iyun oyida MHEKM oʻzgarganligini hisobga olgan holda imtiyozli chegara 4 135 600 soʻmni (980 000 х 4,22) tashkil etadi.

Ikkinchi moddiy yordam hisoblangandan keyin uning umumiy summasi 7 mln soʻmni tashkil etdi, 2 864 400 soʻm (7 000 000 – 4 135 600) miqdorida soliq solinadigan daromad hosil boʻldi.

2023 yil iyun uchun 12% stavka boʻyicha JShDSni ushlab qolamiz:

  • 2 864 400 х 12% = 343 728 soʻm.

Aniq koʻrinishi uchun barcha hisob-kitoblarni jadvalga toʻplaymiz:

Oy

Summa, soʻm

MHEKM

Imtiyoz chegarasi MHEKMda

Imtiyozli summa

Soliq solinadigan daromad

JShDS (12%)

JShDSga tuzatish kiritish

Yanvar

4 000 000

920 000

4,22

3 882 400

117 600

14 112

May

 

980 000

4,22

4 135 600

0

14 112

Iyun

7 000 000

980 000

4,22

4 135 600

2 864 400

343 728

 

 4. Hisobotda aks ettirish:

1) Yanvarda 4 mln soʻm moddiy yordam hisoblandi, Hisob-kitobga 2-ilovada faqat imtiyozli qismni koʻrsatamiz 4,22 MHEKM.

Hisob-kitobga 2-ilova

Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari

Koʻrsatkich nomi

Satr kodi

Imtiyozlar qoʻllanilgan jismoniy shaхslar soni

Daromad summasi

Imtiyozlar summasi - jami (020-satr + 050-satr)

010

X

3 882 400

shu jumladan:

 

X

X

a) SKga muvofiq - jami (030-satr + 040-satr):

020

X

3 882 400

– SKning 378-moddasi boʻyicha (bandi va imtiyoz mazmuni koʻrsatiladi) (0301 - 03…-satrlar yigʻindisi) *

030

X

3 882 400

shu jumladan:

 

X

X

102901 – (SK 378-m.) 1-band 3-хatboshisi SKning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda moddiy yordam summalari, – soliq davri uchun MHEKMning 4,22 baravarigacha miqdorda

0301

1

4,22 х 920 000 = 3 882 400

 2) Mayda MHEKM oʻzgardi (980 000 soʻm). Endi moddiy yordamning barcha summasini koʻrsatamiz – 4 mln soʻm.

Hisob-kitobga 2-ilova

Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari

Koʻrsatkich nomi

Satr kodi

Imtiyozlar qoʻllanilgan jismoniy shaхslar soni

Daromad summasi

Imtiyozlar summasi - jami (020-satr + 050-satr)

010

X

4 000 000

shu jumladan:

 

X

X

a) SKga muvofiq - jami (030-satr + 040-satr):

020

X

4 000 000

– SKning 378-moddasi boʻyicha (bandi va imtiyoz mazmuni koʻrsatiladi) (0301 - 03…-satrlar yigʻindisi) *

030

 

4 000 000

shu jumladan:

 

X

X

102901 – (SK 378-m.) 1-band 3-хatboshisi SKning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda moddiy yordam summalari, – soliq davri uchun MHEKMning 4,22 baravarigacha miqdorda

0301

1

4 000 000

 

0302

 

 

 3) Iyunda ikkinchi moddiy yordam hisoblandi. Moddiy yordamning umumiy summasi 7 mln soʻmni tashkil etdi. U soliq solinmaydigan summadan oshganligi bois, faqat 4,22 MHEKMni koʻrsatamiz.

Hisob-kitobga 2-ilova

Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari

Koʻrsatkich nomi

Koʻrsatkich nomi

Koʻrsatkich nomi

Koʻrsatkich nomi

Imtiyozlar summasi - jami (020-satr + 050-satr)

010

X

4 135 600

shu jumladan:

 

X

X

a) SKga muvofiq - jami (030-satr + 040-satr):

020

X

4 135 600

– SKning 378-moddasi boʻyicha (bandi va imtiyoz mazmuni koʻrsatiladi) (0301 - 03…-satrlar yigʻindisi) *

030

X

4 135 600

shu jumladan:

 

X

X

102901 – (SK 378-m.) 1-band 3-хatboshisi SKning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda moddiy yordam summalari, – soliq davri uchun MHEKMning 4,22 baravarigacha miqdorda

0301

1

4,22 х 980 000 = 4 135 600

 

0302

 

 

 

E’tibor bering

Hisoblangan moddiy yordam summasini (yanvar–may– 4 mln soʻm, iyunda – 7 mln soʻm) quyidagilarda aks ettirishni unutmang:

  • JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 012-satrida “Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar (SKning 375 (dividend va foizlardan tashqari), 376 va 377-moddalari) (Hisob-kitobga 6-ilovaning 5-ustuni);
  • Hisob-kitobga 6-ilova shabloni 5-ustuni - “Har bir jismoniy shaхs kesimida hisoblangan mulkiy daromadlar (dividend va foizlardan tashqari), moddiy naf tarzidagi daromadlar, boshqa daromadlar hamda JShDS toʻgʻrisida ma’lumot”.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text190179_mhekm_oshirilgandan_keyin_moddiy_erdam_va_jshds_qanday_uzgaradi