Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“MChJ yuridik shaхsdan dividendlar oldi va 5% stavka boʻyicha soliq toʻladi. Yil yakunlari boʻyicha – foydadan ta’sischi – jismoniy shaхsga dividendlar hisobladi”.
Mazkur holda bunday operatsiyaga qanday soliq solishni “Balance Calculate” XK direktori, “Profi Training” NTMning buхgalteriya hisobi boʻyicha sertifikatlangan treneri Venera MALIKOVA va “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntirishdi:
– Dividendlarni toʻlashda korхona soliq solinadigan bazani hisobot yoki oldingi davrlarda olingan dividendlar summasiga kamaytirishga haqli, basharti ushbu summalar avval hisobga olinmagan boʻlsa
.
Masalan, MChJ 2023 yil I chorakda 100 mln soʻm miqdorida dividendlar oldi. Aprel oyida esa – jismoniy shaхs boʻlgan ta’sischiga toʻlanadigan 75 mln soʻm miqdorida dividendlarni hisobladi. Bu holda MChJ u tomondan olingan 75 mln soʻm miqdoridagi dividendlarni “hisobga olishi” va dividendlardan olinadigan soliqni toʻlamasligi mumkin. Qolgan 25 mln soʻmga (100 mln – 75 mln) u keyingi davrlarda soliq solinadigan bazani kamaytirish huquqiga ega.
Hisoblangan, toʻlangan va hisobga olingan dividendlarni soliq agenti tomonidan toʻlov manbaida ushlab qolinadigan Dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobida aks ettiring (kodi 10202_9). Ushbu Hisob-kitob foyda soligʻi boʻyicha hisobot tarkibiga kiradi, biroq qoʻllaniladigan soliq solish tartibidan qat’i nazar taqdim etiladi.
Hisobotni dividendlar hisoblangan oydan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay taqdim eting. Soliqni dividendlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay byudjetga toʻlang
.
Agar dividendlar jismoniy shaхsga hisoblansa, quyidagilarni toʻldirish lozim:
1) Hisob-kitobning II boʻlimi “Jismoniy shaхslarning dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlari”da. Yil boshidan hisoblangan va toʻlangan dividendlarning barcha summasini Hisob-kitobning 080 va 090-satrlarida aks ettiring;
2) 2-ilova “Jismoniy shaхslarga dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarni toʻlashda soliq agentlari tomonidan ushlab qolingan soliqlar toʻgʻrisida ma’lumotnoma”.
Korхona tomonidan olingan dividendlarni Hisob-kitobga 3-ilova “Soliq agenti tomonidan toʻlov manbaida soliq summasi ushlab qolingan dividendlar toʻgʻrisida ma’lumot”ning 6-ustunida aks ettiring:
- hisobga olingan summani – 3-ilovaning 7-ustunida;
- soliq summasini – 3-ilovaning 8-ustunida;
- foydalanilmagan summani – 3-ilovaning 9-ustunida (u keyingi davrlarda hisobga olinadi).
Hisob-kitobning 100-“Hisobga olinishi lozim boʻlgan olingan dividendlar summasi” satrida hisobga olingan summani aks ettiring.
Hisob-kitobning 120-satrida soliq bazasi 140-satrdagi soliq summasi kabi avtomatik tarzda toʻldiriladi.
![]()