15 iyun

preview

• 2023 yil may oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqlarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI. JShDS jismoniy shaxsga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, biroq soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay toʻlanadi (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m., SK 407-m. 4-5-q.);

• 2023 yil iyun oyi uchun qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashni ular tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi (SK 392-m. 1-2-q.);

• 2023 yil may oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar bundan mustasno) (SK 470-m. 3-q. 1-b., 470-1-m. 8-q.).


Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text190844_15_iyun1