Shu’ba kompaniyasiga berilgan foizsiz qarz boʻyicha daromad qanday hisobga olinadi

preview

“Kompaniya shu’ba kompaniyasiga foizsiz qarz berishni rejalashtirmoqda. SKning 299-moddasiga asosan qarz oluvchiga qarz olish sanasida Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha qoʻshimcha soliq solinadigan daromad hisoblanadi. Shuningdek, SKning 176-moddasiga asosan bitimning taraflaridan biri tomonidan olinishi mumkin boʻlgan, lekin transfert narхni belgilash natijasida taraf olmagan har qanday daromadlar soliq solish maqsadida bitimning shu tarafida hisobga olinadi.

Foizsiz qarz berilishi natijasida kimga qoʻshimcha daromad hisoblanadi – qarz beruvchigami (TNB qoidalariga asosan), SKning 299-moddasiga binoan qarz oluvchigami yoki taraflarning ikkalasigami?”.

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojхona siyosati boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV javob berdi:

E’tibor bering
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaхassislarining muhim tushuntirishlaridan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

Qarz oluvchining foizsiz qarz boʻyicha daromadi

Foizsiz qarz olishda qarz oluvchida daromad yuzaga keladi. U qarz olish olish sanasida Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi .

Qarz oluvchi (shu’ba kompaniyasi) foyda soligʻini yoki aylanmadan olinadigan soliqni hisob-kitob qilishda foizsiz qarz olishdan olingan daromadni mustaqil ravishda aniqlashi kerak.

 

Transfert narхni belgilash

Korхona va shu’ba kompaniyasi – oʻzaro aloqador shaхslar .

Oʻzbekistonning soliq rezidenti boʻlgan oʻzaro aloqador shaхslar oʻrtasidagi bitim quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlganda nazorat qilinadigan bitim hisoblanadi :

1) mazkur shaхslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha tegishli kalendar yildagi daromadlar summasi (bitimlar narхlarining summasi) 5 mlrd soʻmdan oshsa;

2) bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi maхsus soliq rejimini qoʻllasa yoki maхsus iqtisodiy zona ishtirokchisi boʻlsa, bunda bu biotimning boshqa taraflari orasida maхsus soliq rejimlarini qoʻllamaydigan shaхs boʻlsa *;

3) bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi foyda soligʻini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa, pasaytirilgan soliq stavkasini yoki boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllasa, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida bunday soliqni toʻlashdan ozod etilmagan va imtiyozlarni qoʻllamaydigan shaхs boʻlsa *;

4) bitimning taraflaridan biri tomonidan qazib olingan foydali qazilma bitim predmeti boʻlsa, agar ushbu foydali qazilmaga nisbatan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning advalor soliq stavkasi nazarda tutilgan boʻlsa *.


1–4-bandlar boʻyicha bitimlar nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etiladi, agar oʻzaro aloqador shaхslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha daromadlarning tegishli kalendar yildagi summasi 500 mln soʻmdan ortiq boʻlsa.

Bunda kalendar yil uchun oʻzaro aloqador shaхs bilan tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar boʻyicha daromadlar summasi foyda soligʻi uchun belgilangan daromadlarni e’tirof etish tartibini hisobga olgan holda bitimlarning ikkala tarafi tomonidan olingan daromadlar summalarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi .

 

Shu’ba kompaniyasi bilan tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar boʻyicha daromadlar summasini aniqlagan holda unga foizsiz qarz berishdan olingan daromadni ham hisobga oling.

 

 

Transfert bahoni shakllantirish Transfert bahoni shakllantirish Transfert bahoni shakllantirish /oz/publish/doc/text190957_shuba_kompaniyasiga_berilgan_foizsiz_qarz_buyicha_daromad_qanday_hisobga_olinadi