Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Korxona oʻz xodimlari hamda boshqa shaxslarning davolanishi uchun yordam koʻrsatadi. Mazkur norma jamoa shartnomasida mavjud”.
Ushbu vaziyatda qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishini soliq maslahatchisi, “Norma” eksperti Tatyana BELOUSOVA tushuntirdi:
Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!
– Yuridik shaxs oʻz xodimlariga hamda korxonaning xodimlari boʻlmagan shaxslarga davolanish uchun yordam koʻrsatishga haqlidir, basharti bu lokal hujjatlarga zid boʻlmasa. Asoslar roʻyxati, yordam koʻrsatish miqdorlari va tartibi odatda mehnat, jamoa shartnomalarida yoki masalan, Moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida nizomda belgilanadi.
Qoidaga koʻra, koʻrsatiladigan yordam ish va uning natijalariga bogʻliq emas. Bu – ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlmagan toʻlovlar, bundan SKning 372-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega moddiy yordam mustasno. Bunday moddiy yordam mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar jumlasiga kiradi.
Yordam koʻrsatish chogʻida quyidagilarni tavsiya qilamiz:
1) jismoniy shaxsdan ariza olish;
2) toʻlov uchun buxgalteriyaga buyruq rasmiylashtirish;
3) mazkur vaziyatni tasdiqlovchi, asoslovchi hujjatlarga ega boʻlish.
Oluvchilar toifalari boʻyicha eng koʻp uchraydigan davolanish uchun yordam turlarini va uning soliq oqibatlarini koʻrib chiqamiz:
* E’tibor bering!
Sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida xodimga pul mablagʻlarini berish chogʻida undan u tomondan toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi cheklar yoki kvitansiyalarni oling. Mablagʻlarning davolanish va tibbiy xizmat koʻrsatishga maqsadli sarflanganligini haqiqatda tasdiqlovchi ushbu hujjatlarsiz korxona berilgan summadan JShDSni ushlab qolishi va ijtimoiy soliqni hisoblashi kerak.
- Qanday toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiradi;
- Moddiy naf tarzidagi qanday daromadlar jami daromadga kiritiladi;
- Xodimlarga davolanish uchun toʻlovlar buxgalteriya hisobida va soliq hisobotida qanday aks ettiriladi;
- Foyda soligʻi hisob-kitobida xarajatlarni guruhlar boʻyicha qanday aks ettirish kerak;
- Chegirib tashlanmaydigan xarajatlarni qanday aniqlash kerak.
![]()
