Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz xodimlari uchun (cavdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan YaTTlardan tashqari) toʻlashi lozim boʻlgan har yilgi ijtimoiy soliq mikdori BHMning 6 baravaridan BHMning 1 baravarigacha miqdorga kamaytirilmoqda. Bu 16.06.2023 yildagi OʻRQ-847-son Qonunda nazarda tutilgan.
Shu hujjat bilan “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga – ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish qismida oʻzgartirishlar kiritildi.
Shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki mazkur maydonda:
– chorvachilik;
– issiqxona xoʻjaligi;
– parrandachilik;
– quyonchilik;
– asalarichilik;
– baliqchilik;
– bogʻdorchilik;
– limonchilik;
– gulchilik bilan shugʻullanayotgan:
- shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi;
- shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band uning oila a’zolari;
- fuqarolar – ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar, mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin.
OʻRQ-681-son Qonunning ilgarigi tahririda quyidagilar mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq toʻlashning sharti boʻlgan:
1) kamida 0,04 gektar yer uchastkasi;
2) qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan xonaki parranda.
Hujjat 2023 yil 17 iyundan kuchga kirdi.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi