Boshqa soliq turiga majburiy oʻtishda qanday hisobotni topshirish kerak

preview

“2023 yilning iyun oyida jami daromad 1 mlrd soʻmdan oshdi, shu bois SKning 462-moddasiga muvofiq biz QQS toʻlashga oʻtdik. Biz iyun oyi uchun qanday hisobotni topshirishimiz kerak – aylanmadan olinadigan soliq boʻyichami yoki QQS boʻyichami?”.

Vaziyatni Soliq qoʻmitasida tushuntirishdi:

E’tibor bering
Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– 2023 yilning iyun oyiga qadar siz aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotlar topshirgansiz, iyun oyidan keyin esa faqat QQS boʻyicha hisobotlar topshirasiz. 2023 yilning iyun oyi – bu siz aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hamda QQS boʻyicha – 2 ta hisobot topshirishingiz kerak boʻlgan yagona oy.

Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida soliq hisoboti shakllarini ochgan holda, siz:

1) QQSga oʻtish sanasigacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotda aks ettirilishini;
2) QQSga majburiy oʻtish sanasidan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS boʻyicha hisobotda avtomatik ravishda aks ettirilishini koʻrasiz.

Manbaga qarang.

 

 

Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text191381_boshqa_soliq_turiga_majburiy_utishda_qanday_hisobotni_topshirish_kerak