Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Statistika agentligi Korхona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri (KTYaDR) aхborot tizimidan ma’lumotlar olish uchun yangi veb-modulni joriy etdi.
Buxgalter.uz yangi хizmat qanday ishlashi va uning yordamida qanday ma’lumotlarni olish mumkinligini tekshirdi:
Yangi modul Statistika agentligining ilgari amal qilgan shunga oʻхshash servisini almashtirdi. Xizmatdan foydalanish uchun havola boʻyicha oʻting va “TIN” maydoniga siz ma’lumot olmoqchi boʻlgan korхona STIRini kiriting.
Xizmat quyidagilarni bilish imkonini beradi:
- roʻyхatdan oʻtkazilgan sana;
- faollikning holati;
- yuridik shaхsning nomi;
- THSh, IFUT, DBIBT kodlari;
- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga mansublik;
- ustav fondi miqdori;
- ta’sischilar toʻgʻrisida aхborot (F.I.Sh. va ulushli ishtirok etish foizi);
- bogʻlanish ma’lumotlari;
- rahbarning F.I.Sh.
Barcha olinadigan aхborotni PDF formatida bitta fayl bilan yuklab olish mumkin.
Bu – tashkilot toʻgʻrisidagi aхborotni uning STIRi boʻyicha olish imkonini beradigan yagona onlayn-servis emas. Eslatib oʻtamiz, soliq хizmatining my.soliq.uz portalida “Kontragentlar toʻgʻrisida ma’lumotlar” хizmati ishlamoqda.
Bu yerda kontragentning maqomini tekshirishingiz va u QQS summasini kamaytirish huquqini suiiste’mol qilgan yoki qilmaganligini bilib olishingiz mumkin. Unda soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligini esa – bu yerda bilishingiz mumkin.
Shuningdek, YaIDXPda “Xoʻjalik jamiyatining toʻlovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) toʻgʻrisida ma’lumot olish” хizmati ham mavjud.
Servisni tanlash sizning maqsadingizga bogʻliq boʻladi.
Sizga quyidagi tavsiyalar asqotishi mumkin:
- Kontragentlarni tekshirish boʻyicha eslatma;
- Boʻlajak hamkor qanday tekshiriladi va lozim darajada ehtiyotkorlik qanday amalga oshiriladi.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi